Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Tashrifdan asosiy maqsad — islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilganini, odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash.

Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.