Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida, shuningdek, Qorao‘zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l qurilishi bo‘yicha ham topshiriq bergan edi.

Amudaryo tumani boshqa hududlardan uzilib qolgan, shuningdek, temir yo‘l tarmoqlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoni mavjud emas. Avtomobil transporti qatnovi ham cheklangan, chunki Amudaryodan o‘tish uchun faqat 1938 yilda qurilgan ponton ko‘prikdan foydalaniladi.

Yangi ko‘prikning qurilishi Rossiya va Qozog‘istondan yuklarni tashish masofasini 240 kilometrga, yuklarni tashish vaqtini esa 6 soatga qisqartiradi. Yuk tashish hajmi ikki baravar ko‘payadi va yiliga 25 mln tonnani tashkil etadi.

Loyiha «O‘zbekiston temir yo‘llari» ning mablag‘lari va kredit resurslari hisobiga amalga oshiriladi. Ko‘prik qurish ishlarini «Ko‘prikqurilish» tresti («O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiradi) olib boradi.

O‘zAning xabar berishicha, ko‘prik qurilishi 2022 yil sentabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.