O‘zbekistonda UzIMEI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi Information Technology Center kompaniyasidagi davlat ulushining 49 foizi sotuvga qo‘yiladi.
Hukumat O‘zbekistonga telefon olib kirish bo‘yicha cheklovlarni yumshatdi. Shu paytgacha jismoniy shaxslar har 6 oyda faqat bitta telefon olib kirgan bo‘lsa, 2024-yilning 28-yanvaridan har safar chegaradan o‘tishda 2 ta olib kirishlari mumkin, lekin ularni majburiy deklaratsiyalash lozim.
Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilganini e’lon qildi. Endi ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xorijliklar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mobil telefonlarni ro‘yxatga olish sohasidagi hamkorlik doirasida yo‘qolgan va o‘g‘rilangan IMEI-kodlarning yagona «qora ro‘yxati»ni yaratishga kelishib oldi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov UzIMEI yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun kerakligini ta’kidladi. «IMEI kerak emas, IMEI`ni yo‘q qilinglar, degan gaplar tagida noqonuniy bozordan „dolya“ olib, foyda qilib turganlarning lobbisi turibdi», — dedi vazir Kun.uz nashriga bergan intervyusida. Shermatov UzIMEI pulli ekanligiga to‘xtalib, uning soliq ekanligini qayd etgan.
Jahon banki iqtisodchisi Vinayak Nagaraj O‘zbekistonda UZIMEI mobil qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini «byurokratik, noqulay va fuqarolar uchun foydasiz», deb atab, u «O‘zbekistonni orqaga tortayotganini» ta’kidladi. Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev esa davlat organlari o‘z vazifasini bajara olmagani uchun ushbu tizimni «ikki karra telefon solig‘i» deb hisoblaydi. Bloger Shahnoza Soatova esa tizimning «beti qattiq» ekanligini aytdi. UZIMEI operatori tanqidlarga javob berishga harakat qilib ko‘rdi.
Bir yil avval «Mening fikrim» portalida IMEI kodlarni ro‘yxatga olishda to‘lov undirishni bekor qilish bo‘yicha petitsiya e’lon qilingan edi. Biroq oradan 365 kun o‘tgan bo‘lsada, murojaat xaligacha «Ko‘rib chiqish jarayonida» turibdi. Qonunchilik palatasi qo‘mitasi ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, iyun oyida Vazirlar mahkamasiga o‘rganishlar natijasini yuborgan.
Respublika bo‘yicha barcha karantin zonalari va chegara postlarida fuqarolarning pasportlariga noqonuniy ravishda IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jinoiy guruh tarkibida farroshdan tortib mansabdorlargacha bor, deya ma’lum qildi IIV Kiberxavfsizlik markazi.
“O‘zTTRM” DUK ijrochi direktori Ulug‘bek Shakirov 2019-yil 1-dekabrdan to hozirgi kungacha IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan 240 mlrd so‘m mablag‘ kelib tushganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2020-yil 1-noyabrga qadar 781,7 mming mobil qurilma O‘zbekistonga olib kirilgani ham ta’kidlandi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini pulli ro‘yxatga olishdan, hisob-kitoblarga ko‘ra, 135,5 mlrd so‘m to‘plandi. Jami bo‘lib 47 milliondan ziyod kod ro‘yxatga olingan. AKT vazirligi mobil qurilmalarning rasmiy importi hajmi bir necha barobarga o‘sganini ma’lum qildi.
UZIMEI tizimi operatori mobil qurilmalarning IMEI-kodini uchinchi shaxslar pasportlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting