«urbanistika» tegli maqolalar


Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida
16 yanvar 2024, 03:26

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri
25 oktabr 2023, 16:46 1

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi
2 sentabr 2023, 11:02

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi

Urbanist Iskandar Soliyev Respublika bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish konseptini taklif etdi. “Avval piyodalarga, keyin velosiped va samokatlar, so‘ngra avtomobillarga ustuvorlik beriladi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak”, — dedi u. Hozir chorrahada mashinalar gavjum.

Tahlil: Yo‘l o‘tkazgichlar qancha ko‘p joy egallab, shaharni qanchalik yomonlashtiradi va qashshoqlashtiradi?
4 avgust 2023, 09:10

Tahlil: Yo‘l o‘tkazgichlar qancha ko‘p joy egallab, shaharni qanchalik yomonlashtiradi va qashshoqlashtiradi?

Toshkentda 12 ta yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bunga xalqning o‘nlab trillion so‘m mablag‘lari sarflanadi. Ko‘prik va tunnellar ulkan maydonlarni egallab, shaharni parchalab tashlaydi va kattaroq transport muammolarini keltirib chiqaradi. Buni yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ko‘rsatamiz.

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”
21 iyul 2023, 18:42

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”

Prezident matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar qurib bo‘lmasligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. “Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va jamoatchilik fikri inobatga olinadi”, — dedi prezident matbuot kotibi.

Qozog‘iston prezidenti Ostonaning Toshkentnikiga o‘xshash muammolarini sanab o‘tdi
12 iyul 2023, 18:41

Qozog‘iston prezidenti Ostonaning Toshkentnikiga o‘xshash muammolarini sanab o‘tdi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxtining ichimlik suvi taqchilligi, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va “bir xil ko‘rinishdagi quti binolar bilan to‘ldirilgan” me’moriy ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarini sanab o‘tdi. Bularning aksariyati Toshkentga ham taalluqli.

Cho‘milish taqiqlanadi. Qanday qilib Toshkent shahar plyajlarisiz qoldi?
3 iyun 2022, 13:00

Cho‘milish taqiqlanadi. Qanday qilib Toshkent shahar plyajlarisiz qoldi?

Jazirama yoz kunlari ochiq suv havzalarida cho‘milishning paytiligiga qaramay, so‘nggi yillarda Toshkentda fuqarolar uchun birorta ham suv havzasi barpo etilmadi, borlari ham yo‘q qilindi. XX asr shaharsozlari qanday qilib Toshkent iqlimiga mos obyektlar qurgan va nima uchun suv havzalarini qaytarish kerak?

Toshkentning qayerida maysazorda dam olish mumkin? — qo‘llanma
15 aprel 2022, 15:30

Toshkentning qayerida maysazorda dam olish mumkin? — qo‘llanma

Toshkentda chim ustida yurish va maysalar ustida dam olishga haligacha sovetcha ruhda javob beriladi: “Mumkin emas”. Lekin baribir shaharda bunga ruxsat berilgan joylar paydo bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan joylarni qidirib, poytaxtni aylanib chiqdi. Biz o‘zimiz bilan mashhur arxitektor Kristofer Aleksandrning “Shablonlar tili” kitobini ham oldik — undagi g‘oyalar rasmiylar odamlarga maysazorda dam olishni nima uchun taqiqlamasligi kerakligini tushunishga yordam beradi.

Toshkent ko‘chalarini insoniylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi
19 mart 2022, 15:49

Toshkent ko‘chalarini insoniylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi

«Gazeta.uz» tanqidiga uchragan Navoiy ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi rossiyalik ekspertlar Arkadiy Gershman va Aleksandr Devyatkin ishtirokida qayta ko‘rib chiqildi. Asosiy tamoyillar — piyodalar xavfsizligi va jamoat transportining ustuvorligi etib belgilandi. Ilk marotaba rasmiylar tomonidan 50 km/soat tezlik shahar uchun eng maqbul deb tan olindi. Hokimiyat yangilanayotgan barcha ko‘chalarda bir xil usullardan foydalanishga va’da bermoqda.

Foto. Toshkent tramvay yopilishidan oldin va keyin
1 may 2021, 09:00

Foto. Toshkent tramvay yopilishidan oldin va keyin

5 yil oldin Toshkent tramvayining 115 yillik tarixi o‘z nihoyasiga yetdi. Tramvay liniyalarining yopilishidan oldin poytaxt qanday ko‘rinishda edi va bugun ularning o‘rnida nimalar paydo bo‘lgan — “Gazeta.uz"ning maxsus fotojamlanmasida.

«Biz odamlarga vaqtni qaytarishda yordam beramiz». Samarqand bosh rejasi haqida intervyu
4 mart 2021, 18:51

«Biz odamlarga vaqtni qaytarishda yordam beramiz». Samarqand bosh rejasi haqida intervyu

Rossiyaning SIMETRA transport kompaniyasi Samarqand transport tizimini barqaror rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi. Jamoat transporti bo‘yicha mutaxassis Vladimir Valdin «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bosh reja nimaligi, barcha postsovet shaharlarining umumiy muammolari, Samarqand va Toshkentdagi jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirib berdi.

Mashinasiz hovlilar. Bunga qanday erishish mumkin
20 iyul 2020, 18:00

Mashinasiz hovlilar. Bunga qanday erishish mumkin

Avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘layotgan bolalar haqidagi xabarlar kam emas. Ko‘plar bu kabi yo‘l transaport hodisalarida faqat haydovchilar va farzandlariga «ko‘z-quloq» bo‘lmagan ota-onalarni ayblashadi. Ammo yo‘llardagi o‘limning yuqori darajasi — bu noto‘g‘ri qurilgan muhit natijasidir. Turar joylardagi hovlilar qanday bo‘lishi kerak va halokatli yo‘l transport hodisalarini qanday kamaytirish mumkin?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting