Toshkentlik urbanist, “Archemistry | Urban” loyihasi muallifi Iskandar Soliyev Respublika bolalar kutubxonasi yaqinidagi chorrahani, shuningdek, u joylashgan turar joy massividagi ko‘chalarni rekonstruksiya qilish konseptini e’lon qildi. Avvalroq “Gazeta.uz” kutubxonaga bevosita yaqin joylashgan chorraha noto‘g‘ri loyihalashtirilgani va bolalar uchun xavfli ekani, haydovchilar esa ruxsat etilgani uchun bu yerda o‘zlari xohlagancha parkovka qilayotgani haqida yozgandi.

“Gazeta.uz” qonunbuzarliklar sonini sanashni taklif qiladi. Suratlar 31-avgustda, kutubxona tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan kuni olingan.

“Bu taklifda birinchi o‘rinda piyodalar ustuvorligi qo‘yilgan bo‘lib, ulardan keyingi o‘rinlarda velosiped hamda samokatlar va so‘ngra avtomobillarga ustuvorlik beriladi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak”, — deb yozadi mutaxassis.

“Avtomobildan „tortib olingan“ yerlarga o‘simliklar, veloparkovkalar, parklet (to‘xtash joylari o‘rnidagi kichik jamoat joylari — tahr.) hamda boshqa funksiyani bajaruvchi hududlarga beriladi”, — dedi u.

Urbanist chorrahada aylanma harakatni tashkil etishni taklif qilmoqda — bu ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, svetoforsiz kichik ko‘chalarda xavfsiz harakatni tashkil qilish usuli sanaladi.

Iskandar Soliyev O‘zbekiston ovozi va Yahyo G‘ulomov ko‘chalarida faqat bir tomonlama harakatlanishni taklif qilmoqda.

“Asosiysi, bolalar va piyodalar uchun xavfsiz, piyoda yursa bo‘ladigan hududga aylanadi. Tijorat ham yuradi, shovqin kamayadi. Qisqasi, bundan barcha yutadi”, — dedi u.

Iskandar Soliyevning taklifi

респuблика bolalar kutubxonasi, искандар солиев, urbanistика