Toshkentda “ilg‘or xorijiy tajriba asosida” 12 ta yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi tashviqoti chog‘ida aytib o‘tgan edi. Qurilish maydonchalari nomlari keltirilgani yo‘q. Biroq yaqinda shahar markazidagi Navoiy va Abay ko‘chalari chorrahasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi mumkinligi aytildi va bu aholini qattiq tashvishga soldi.

O‘zbekistonda har qanday chorrahalar qurilishiga “tirbandliklar” shiori ostida amalga oshirilmoqda, vaholanki, Toshkent, mamlakat va dunyoning boshqa shaharlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yo‘l o‘tkazigichlar faqatgina transport oqimining ko‘payishiga olib keladi hamda shaharlardagi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi (bu atay qo‘zg‘atilgan talab deb ataladi).

Urbanistlar yo‘l o‘tkazgich — tirbandlikni bitta chorraha nariga ko‘chirishning eng qimmat yo‘li, deyishni yaxshi ko‘rishadi. Chunki yo‘l o‘tkazgichlar bitta uchastkadagi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi, xolos. Ammo ko‘priklar va tunnellardan so‘ng ushbu uchastkadan tezda o‘tib bo‘lgan barcha mashinalar oddiy chorrahalarga taqalib, tirbandlik hosil qilishadi — bu aksariyat hollarda ushbu muammo qimmat yo‘l o‘tkazgich qurish orqali bartaraf etilganidan ham yomonroqdir.

“Gazeta.uz” ushbu materialda har biri o‘n millionlab dollar davlat mablag‘ini talab qiladigan yo‘l o‘tkazgichlarni qurish tirbandlikni faqatgina keyingi chorraha va ko‘chalarga o‘tkazishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kirish, chiqish va qayrilib olishlar bilan birgalikda yo‘l o‘tkazgichlar ulkan maydonlarni egallab, ularni yanada samaraliroq foydalanish mumkin bo‘lgan o‘lik bo‘shliqqa aylantiradi. O‘zingiz ko‘ring.

Sobiq TAPOiChdagi yo‘l o‘tkazgich

Uch darajali o‘tish joyini qurish loyihasi 140 mlrd so‘mga baholangan (ishlar boshlangan 2018-yil may holatiga ko‘ra, 17,5 mln dollar). Yo‘l o‘tkazgichning e’lon qilingan o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 20 ming avtomobilni tashkil etadi (boshqa yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi e’lon qilinganda ham xuddi shunday raqam tilga olinadi).

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichFoto: Prezident matbuot xizmati.
Har kuni yuzlab avariyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan hamda YPX xodimlariga haydovchilarni jarimaga tortishiga bahona bo‘ladigan noto‘g‘ri o‘ylangan yo‘l chiziqlari, ortiqcha qatorlar va navigatsiyaning murakkabligini bir chetga surib turaylik.

Hozir Maxtumquli — Mirzo Ulug‘bek, Parkent — Mirzo Ulug‘bek chorrahalari va Ohangaron shossesida minglab avtomobillar ulkan tirbandliklarni hosil qilmoqda.

Tig‘iz vaqtlarda ushbu uchastkalardagi nazoratchilar mashinalar oqimini svetofor signallaridan tashqarida o‘tkazib yuborish orqali yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini ikki-uch martalab yashil chiroqni kutishga majbur qilishmoqda.

Bu yerda avariyaviy vaziyatlar tez-tez sodir bo‘lib turgani bois ko‘pgina haydovchilar mazkur yo‘l o‘tkazgichdan qochishga va aylanma yo‘llarni topishga harakat qilishadi.

Maxtumquli ko‘chasida tirbandlik.Maxtumquli ko‘chasida tirbandlik.
Uch darajali yo‘l o‘tkazgich ulkan maydonni egallab, yozning jazirama oylarida ulkan qaynoq tovaga idishga aylanadi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Maysazor bilan qoplangan joylar — poytaxtning har yili shunchaki saqlab turishning o‘ziga katta miqdordagi mablag‘lar sarflanadigan minglab kvadrat metr qimmatbaho yerlari hisoblanadi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Maysalarni doimiy ravishda sug‘orish va parvarish qilish kerak. Ulardan hech qanday tarzda odamlar manfaati uchun foydalanishning iloji yo‘q. Yo‘l o‘tkazgichning o‘zi ham asfalt, shikastlangan panjaralar va boshqa qismlarni yangilash uchun doimiy xarajatni talab qiladi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Yo‘l o‘tkazgich, shuningdek, hududni bir-biridan alohida-alohida hududlarga ajratib qo‘ydi. Piyodaning qarshi tomonga o‘tishi uchun yarim soatgacha vaqti ketishi mumkin.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichYo‘l o‘tkazgich va o‘tish joylarining ostidagi maydonlar ham foydasiz. Ko‘cha bo‘ylab savdo obyektlari, ofislar, turar-joy ko‘chmas mulklari bo‘lganida edi, bu yerlar foyda keltirayotgan bo‘lardi. Biroq hozir bu yerlarda hech narsani qurib bo‘lmaydi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Bunyodkor — Furqat — Sebzor — Ahmad Donish avtobani

Shahar bo‘ylab avtoban qurish uchun minglab daraxtlar kesib tashlandi. Yigirma qatorli bu yo‘l ijtimoiy aloqalarni uzdi. Shahar bojxonasi, Seul qirg‘og‘i, Xalqlar do‘stligi maydoni, Sebzor, Yunusobod metro bekati yaqinida magistralning o‘zida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

G‘afur G‘ulom metro bekati yaqinidagi tirbandlik.G‘afur G‘ulom metro bekati yaqinidagi tirbandlik.

Ko‘prik atrofidagi muhit qaqragan sahroga o‘xshaydi.Ko‘prik atrofidagi muhit qaqragan sahroga o‘xshaydi.

Ilgari bu yerda xavfsiz o‘tish mumkin bo‘lgan chorraha bor edi.Ilgari bu yerda xavfsiz o‘tish mumkin bo‘lgan chorraha bor edi.

Nurafshon ko‘chasi tomonga yuramiz, tunnelda boshlangan tirbandlik tugamaydi.Nurafshon ko‘chasi tomonga yuramiz, tunnelda boshlangan tirbandlik tugamaydi.

Ahmad Donish va Kichik avtomobil halqa yo‘li chorrahasidagi 20 polosali yo‘l.Ahmad Donish va Kichik avtomobil halqa yo‘li chorrahasidagi 20 polosali yo‘l.
Avtoban ko‘priklari shahar husnini buzadi. Yangi TAPOiCh yo‘l o‘tkazgichi ozmi-ko‘pmi chiroyliroq ko‘rinadi, biroq ushbu magistral ko‘priklari atrofidagi muhit depressiya manbai bo‘lishi mumkin.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Odamlar ushbu hududdan foydalanishni istamaydi. Bu yerdan yurib bo‘lmaydi: issiq, shovqin, gazga to‘lgan. Navbatdagi yuz minglab kvadrat metr yaroqli yor foydasiz yotibdi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichButun yo‘l bo‘ylab yengil temir yo‘l transporti harakatlanishi mumkin edi. Mashinalar emas, balki odamlar bilan gavjum ko‘chalar bo‘lishi mumkin edi. Daraxtlar soyasida o‘lik maydon emas, balki kafe va do‘konlar bo‘lishi mumkin edi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

O‘tgan o‘ttiz yil ichida Toshkent minglab kilometr yo‘llarni kengaytirdi, o‘nlab ko‘priklar qurdi, millionlab daraxtlarni kesib tashladi, bog‘lar va jamoat transportini vayron qildi.

O‘zimizni soya-salqin, qulay va obod muhitdan mahrum qilib, asfaltni obodonchilik deb yuribmiz. Har bir chorrahasi tirband, har bir piyodalar yo‘lakchasi mashinalar to‘xtash joyiga aylangan shaharni avtomobiliston desak nimasi ajablanarli?!

Chilonzor metro bekati yaqinidagi tirbandlik.Chilonzor metro bekati yaqinidagi tirbandlik.
odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichodamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Shota Rustaveli — Muqimiydagi yo‘l o‘tkazgich

Bir vaqtlarda eng mashhur tramvay yo‘nalishlaridan biri qatnagan chorrahada yangi yo‘l o‘tkazgich paydo bo‘ldi. Endilikda yo‘l o‘tkazgich chiqish joyida — Bobur ko‘chasi bilan chorrahada tirbandlik hosil qiladi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichKo‘prik ulkan maydonni egallab olgan. Uning ostida hech narsa qurib bo‘lmaydi. Odamlar bu yerda piyoda yurishni yoqtirmaydi, chunki yo‘l o‘tkazgich ko‘chalarni, ayniqsa piyodalar ko‘prigi qurilib, kesib o‘tish masofasi karrasiga uzaygan Shota Rustaveli ko‘chasini kesib o‘tishni yoqtirishmaydi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichKo‘prik o‘sha paytda qurilayotgan turar-joy majmuasi derazalarining shundoqqina ostida o‘sib, atrof-muhit sifatini yomonlashtirgan.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Janubiy va Shimoliy vokzallar

Piyodalar shaharlarida vokzallar — shaharning eng gavjum joylari hisoblanadi. Avtomobil shaharlarida esa faqat qatnov qismlari gavjum band bo‘lishi mumkin.
odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

Piyodalari yo‘q shaharning boy bo‘lishi mumkin emas. Nima uchun? Chunki piyoda biror qiziqarli vitrina oldida to‘xtab, albatta ichkariga nazar tashlaydi. Piyodalar do‘konga kirish uchun mashina qo‘yish uchun joy izlashlari shart emas.

Ko‘plab do‘kon va kafelar bo‘lgan Taras Shevchenko ko‘chasi shaharga Bunyodkor shoh ko‘chasi yoki sobiq TAPOiChdagi uch darajali yo‘l o‘tkazgich atrofidagi hududdan ko‘ra ko‘proq pul olib keladi. Buni tijorat ko‘chmas mulkini ijaraga olish narxlari ham tasdiqlaydi. Taras Shevchenkoda har doim mashinalar ko‘p bo‘ladi va to‘xtash uchun joy topish qiyin, biroq u yo‘l o‘tkazgichli magistrallarga qaraganda piyodalarni ko‘proq yaxshi ko‘radi.

Agar shahar ko‘chalar o‘rniga keng yo‘llar qursa, ko‘priklar barpo etsayu piyodalarga ko‘chalarni piyoda emas, balki mashinada kesib o‘tish osonroq bo‘lsa, har kimda mashina olish ishtiyoqi alanga olishni boshlaydi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichPiyodada muqobil tanlov bo‘lsa, u hech qachon ko‘prik orqali o‘tishni tanlamaydi. Birinchidan, ko‘priklarda piyodalar yo‘laklari yo‘q, faqatgina bitta odam yurishi mumkin bo‘lgan yarim metrlik ochiq joylar qoldiriladi. Ikkinchidan, ko‘priklar yozda issiq, qishda sovuq, sershovqin, yoqimsiz hidlar anqiydi. Agar ko‘prik bir nechta chiqishni o‘z ichiga olsa, uni xavfsiz kesib o‘tish imkonsiz. Bularning barchasi shaharlarda yo‘l o‘tkazgichlar uchun joy yo‘qligini ko‘rsatadi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgich

KAHY ko‘prigi — Amir Temur

Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab yo‘l o‘tkazgich qurilganida Kichik halqa yo‘li bo‘ylab oqim tezlashadi, deb taxmin qilingan edi.

Hozir esa ko‘prikdan chiqishda — Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan joyda tirbandlik hosil bo‘lmoqda, keyin oqim “Malika” bozori oldidagi uchastkagacha borib taqaladi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichAmir Temur ko‘chasining o‘zi deyarli kun bo‘yi tirband bo‘ladi. Ko‘prik ostiga svetofor o‘rnatish va chap burilishlarni ochish orqali harakatni tartibga solish mumkin edi, biroq O‘zbekistonda uzoq qayrilib olishlarni juda yaxshi ko‘rishadi.

2018-yilda Moskvaning “Strelka” konstruktorlik byurosi estakada ostidagi maydonlarni sport yoki madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan jamoat joylariga aylantirishni taklif qilgan edi. Biroq bu rejalar amalga oshmadi.

odamlar uchun shahar, toshkent, toshkent orzusi, urbanistika, yo‘l o‘tkazgichYuqorida tavsiflangan muammolarga o‘xshash muammolar Toshkentdagi har qanday yo‘l o‘tkazgich atrofida kuzatilishi mumkin. Xalqaro va o‘zimizning yomon tajribamizga e’tibor bermay, faqat avtomobillar sonini ko‘paytirishga tayanib, ularni qurishni davom ettirish uzoqni o‘ylamaslikdir.

Bunyodkor shoh ko‘chasida “Bunyodkor” stadioni yonidagi o‘tish joyi. Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”.Bunyodkor shoh ko‘chasida “Bunyodkor” stadioni yonidagi o‘tish joyi. Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”.

Yo‘l o‘tkazgichlarning qurilishi xazinani bo‘shatadi, muammolarni hal qilmaydi, aksincha, ko‘plab yangilarini keltirib chiqaradi, hayot sifatini yomonlashtiradi va shaharni xuddi shu yer o‘rnida tadbirkorlik, ijtimoiy, madaniy va boshqa obyektlar joylashganda olib keladigan potensial daromaddan mahrum qiladi.

Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich loyihasi. Ko‘priklar haydovchilar uchun qulaylikni oshiradi, lekin avtomobillar oqimini turar-joy binolariga yaqinlashtiradi. Foto: Prezident matbuot xizmati.Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich loyihasi. Ko‘priklar haydovchilar uchun qulaylikni oshiradi, lekin avtomobillar oqimini turar-joy binolariga yaqinlashtiradi. Foto: Prezident matbuot xizmati.

Rivojlangan jamoat transporti, jumladan, pullik to‘xtash joylari orqali avtomobillar sonini cheklash, piyodalar va velosipedchilar uchun sharoit yaratishgina ko‘chalarni tirbandlikdan qutqaradi.

Yuqoridagi rasmlarga qarab, shahar yo‘l o‘tkazgichlarni qurish uchun qanday maydonlardan voz kechayotganiga nazar tashlab, “bunga arziydimi?” degan savolga javob berib ko‘ring-chi.