«talabalar turar joyi» tegli maqolalar


5 mart 2022, 09:31

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident

Prezident Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda talabalar uchun yotoqxona qurish ishlari boshlanmaganini tanqid qildi. Qolaversa, ijarada turuvchi talabalarga subsidiya berish uchun rektorlarga o‘tgan 2 oyda 24 mlrd so‘m berilgani, biroq, atigi 5 mlrd so‘m ishlatilgani aytildi. «Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

6 oktabr 2021, 20:34

O‘zbekistonda nechta talabalar yotoqxonasi borligi ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni haqdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda OTMlar soni 127 taga yetgan, ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.

10 sentabr 2021, 11:58

Talabalarga tadbirkorlar tomonidan turar joylar quriladi

Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.

16 iyun 2021, 22:24

Xususiy OTMlarga 500 ta grant beriladi, yotoqxonalar uchun yerlar auksion orqali ajratiladi

Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.

13 aprel 2021, 18:10

1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi

Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda 1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ta’kidlandi. Buning uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. «Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

12 fevral 2021, 12:09

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri

Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.

28 yanvar 2021, 11:43

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting