«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti yarim yil davomida O‘zbekistonning 5 ta hududida sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda zo‘ravonlikka uchragan 18−34 yosh oralig‘idagi 420 nafar respondent qatnashdi. Ayollarning 39,4 foizi erga gap qaytarishni zo‘ravonlik holatiga sabab qilib ko‘rsatgan.
«Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti 6 ta hududda yashovchi 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, ayollarning 60 foizga yaqini turmush hayotida zo‘ravonlikka duch kelmaganini qayd etgan bo‘lsa, qolgan 40 foizi kamsitish va zug‘um o‘tkazilayotganini bayon qilgan. Har to‘rtinchi ayol ba’zi hollarda zo‘ravonlikka duch kelishini, 7 foiz ayol esa bu odatiy hol ekanligini ta’kidlagan.
Dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari COVID-19 bilan kasallanish holatlari niqob taqish natijasida 53 foizgacha va jismoniy masofa saqlash orqali 25 foizgacha kamayishini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, niqob taqish, ijtimoiy masofalanish va qo‘llarni yuvish amaliyoti vaksinatsiya dasturlari bilan parallel ravishda davom ettirilishi zarur.
AQSh olimlari koronavirusning ma’lum bo‘lgan barcha mutatsiyalarini zararsizlantira oladigan antitanachani aniqladilar. Ispan olimlari esa boshqa koronaviruslarga qarshi antitanacha COVID-19dan ham himoyalay olishini isbotlashdi.
«O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotga ko‘ra, aholi bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytmoqda. Shuningdek, iyun oyida mahalliy mahsulotlar tanqisligi kamaydi.
O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 o‘ringa pastladi va 193 mamlakat orasida 87-o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting