«rossiya-ukraina» tegli maqolalar


Ukrainadagi urush global iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
25 fevral 2023, 18:38

Ukrainadagi urush global iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Ukrainadagi urush insoniy yo‘qotishlarga, gumanitar inqirozning chuqurlashishiga, oziq-ovqat va energiya shoklariga sabab bo‘ldi, global o‘sishni sekinlashtirdi. «Gazeta.uz» Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan urushning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rgandi.

Xitoy: Urushlarda g‘oliblar bo‘lmaydi, barcha davlatlarning suverenitetini hurmat qilish kerak
24 fevral 2023, 12:13

Xitoy: Urushlarda g‘oliblar bo‘lmaydi, barcha davlatlarning suverenitetini hurmat qilish kerak

Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat o‘z pozitsiyasini taqdim qildi. Unda «sovuq urush haqidagi fikrlardan voz kechish» va barcha mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish, shuningdek, yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etilgan.

TIV Ukraina razvedkasining O‘zbekiston urushda Rossiyaga ko‘maklashayotgani haqidagi bayonotini asossiz deb atadi
10 noyabr 2022, 17:55

TIV Ukraina razvedkasining O‘zbekiston urushda Rossiyaga ko‘maklashayotgani haqidagi bayonotini asossiz deb atadi

O‘zbekiston TIV Ukraina elchisi bilan uchrashuvda, Ukraina Mudofaa vazirligining O‘zbekiston sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib bergani haqidagi «asossiz bayonoti» yuzasidan «jiddiy xavotir bildirdi».

Zaporojeda raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
30 sentabr 2022, 15:04

Zaporojeda raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Zaporoje viloyatida avtomobillar karvoniga raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Viloyat ma’muriyati 1 oktabrni viloyatda motam kuni deb e’lon qildi.

O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqdir — TIV
30 sentabr 2022, 09:05

O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqdir — TIV

TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Unda O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqligi ta’kidlangan. TIV qonunbuzarlik sodir qilmagan chet elliklar, jumladan rossiyaliklar majburiy deportatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 6-paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi
31 may 2022, 13:10

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 6-paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda Rossiya neftining uchdan ikki qismiga embargo qo‘llash, Sberbankni SWIFT tizimidan uzish va yana uchta davlat telekanalining ittifoq hududida translyatsiyasini taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Rossiyaliklar O‘zbekistonga bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda
24 may 2022, 12:04

Rossiyaliklar O‘zbekistonga bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda

Rossiya-Ukraina mojarosi fonida rossiyaliklar O‘zbekiston yo‘nalishida bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda. Tahlilchilarning ma’lumotiga ko‘ra, mart-aprel oylarida konsalting, moliya va IT-kompaniyalar vakillari ortga qaytish chiptalarini nisbatan kamroq sotib olgan.

O‘zbekistonda rossiyaliklarga tegishli kompaniyalar soni ko‘paya boshladi
11 may 2022, 15:14

O‘zbekistonda rossiyaliklarga tegishli kompaniyalar soni ko‘paya boshladi

2022 yil boshidan beri O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paya boshladi. Xususan yanvar oyida 23 ta yangi kompaniya tashkil etilgan bo‘lsa, aprelning o‘zida ularning soni 103 taga oshgan, shundan 45 tasi AKT yo‘nalishidagi kompaniya hisoblanadi.

Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faolligini keskin qisqartiradi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasi
29 mart 2022, 19:16

Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faolligini keskin qisqartiradi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasi

Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ukraina xalqaro xavfsizlik kafolatlari masalasida o‘z takliflarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshilik qilmaydi, mamlakat xavfsizligi BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari tomonidan kafolatlanadi. Ayni vaqtda Kiyev harbiy ittifoqlarga qo‘shilishdan bosh tortishga va’da berdi. Rossiya esa Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollik keskin qisqartirilishini ma’lum qildi.

“Qanday qilib qo‘rqmadi ekan?” Jamoatchilik vakillari — “Первый канал” muharriri jonli efirda urushni to‘xtatishni so‘ragani haqida
15 mart 2022, 17:13

“Qanday qilib qo‘rqmadi ekan?” Jamoatchilik vakillari — “Первый канал” muharriri jonli efirda urushni to‘xtatishni so‘ragani haqida

Rossiyaning “Первый канал” telekanali muharriri Marina Ovsyannikova “Время” dasturi jonli efiri vaqtida Ukrainadagi urushni to‘xtatish va propagandaga ishonmaslikni so‘rab chiqdi. Mazkur holatga o‘zbek jamoatchiligi vakillari ham munosabat bildirdi. Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev “qo‘rquvni qanday qilib yengdi ekan?” deya savol bilan yuzlangan bo‘lsa, Davletovuz “haqiqat uchun kurashuvchi hamma joyda topiladi”, deya ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting