«reyting» tegli maqolalar


Oklend yashash uchun eng qulay shahar deb topildi
9 iyun 2021, 14:45

Oklend yashash uchun eng qulay shahar deb topildi

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri The Economist Intelligence Unit talqiniga ko‘ra, yashash uchun eng qulay bo‘lgan shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Damashq esa eng noqulay shahar deb topildi.

S&P O‘zbekiston reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi
5 iyun 2021, 14:17

S&P O‘zbekiston reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

S&P Global Ratings agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, lekin reyting prognozini «salbiy»dan «barqaror»ga oshirdi. Ushbu qaror tashqi qarz o‘sishining sekinlashgani, takomillashgan fiskal siyosat va islohotlar bilan bog‘liq. Agentlik, shuningdek, mamlakatning kredit reytingini yanada kamaytirishga xizmat qiluvchi omillarga ham to‘xtalib o‘tgan.

Matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston ko‘rsatkichi yomonlashdi
20 aprel 2021, 16:20

Matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston ko‘rsatkichi yomonlashdi

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Eng oxirgi, 180-o‘rinda esa Eritreya mamlakati turibdi.

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi
15 aprel 2021, 11:30 1

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi
23 yanvar 2021, 11:38

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi. Portalda qurilish tashkilotlari STIR raqamini kiritish orqali ularning reytingini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistondagi to‘rtta OTM QSning eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi
16 dekabr 2020, 19:26

O‘zbekistondagi to‘rtta OTM QSning eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi

Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti kiritildi.

S&P O‘zbekiston reyting prognozini salbiy deb baholadi
7 dekabr 2020, 13:52

S&P O‘zbekiston reyting prognozini salbiy deb baholadi

S&P O‘zbekiston reyting prognozini «BB-» — salbiy deb baholadi. Ushbu prognoz tashqi qarzlar tez sur’atlarda o‘sishi mumkinligini anglatadi. Shunday bo‘lsa-da, agentlikning ta’kidlashicha, mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqei nisbatan kuchli bo‘lib qolmoqda.

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi
18 noyabr 2020, 16:40

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi

The Economist nashriga ko‘ra, Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi. Toshkentdan ham arzonroq deb bittagina Damashq shahri topildi. Eng qimmat shahar esa Syurix shahri bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy brendi jahon bo‘yicha 61-o‘rinni egalladi
14 noyabr 2020, 14:02

O‘zbekiston milliy brendi jahon bo‘yicha 61-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston «Nation Brands 2020» reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu natija o‘tgan yilgidan 9 pog‘ona yuqoriroqdir. Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDH davlatlar orasida esa Rossiyada (14-o‘rin).

Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi yuritiladi
10 noyabr 2020, 18:13

Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi yuritiladi

Hukumat qarori bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi yuritilishi belgilanmoqda. Tender savdolari aynan mazkur reyting natijalariga ko‘ra o‘tkaziladi va savdolarda yuqori o‘rinda turuvchi tashkilotlar ustunlikka ega bo‘ladi.

Umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi
22 oktabr 2020, 13:19

Umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi

Ta’lim inspeksiyasi 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari maktablari egalladi.

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva
5 oktabr 2020, 23:08

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat rahbari Tanzila Narbayeva Namanganga safari vaqtida tuman hokimlarini «yaxshi» reyting baholarini olgan hududlardan o‘rnak olishga, deputatlarni esa yanada talabchan bo‘lishga chaqirdi.

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 93-o‘rinni egalladi
2 sentabr 2020, 18:25

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 93-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting