O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi.

Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Kosta-Rika davlatlari turibdi. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Niderlandiya, Yamayka, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Shveysariya mamlakatlari o‘rin olishgan.

MDH davlatlari orasida yetakchi mamlakatlar sifatida 15-o‘rinni Estoniya, 22-o‘rinni Latviya, 28-o‘rinni Litva davlatlari olgan.

Markazi Osiyo davlatlaridan esa 79-o‘rinni Qirg‘iziston, 155-o‘rinni Qozog‘iston, 162-o‘rinni Tojikiston, 178-o‘rinni Turkmaniston egallab turibdi.

Bundan tashqari, reytingda Rossiya 150-o‘rindan joy olgan. Eng oxirgi, 180-o‘rinda esa Eritreya mamlakati turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rt pog‘ona yuqorilab, 157-o‘rinni egallagan edi.