2020 yil bo‘yicha 100 eng qimmat milliy brendlarning umumiy qiymati 13,1 trln dollarga kamaydi. Bu haqda Brand Finance konsalting kompaniyasi ma’lumot berdi.

Yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH yetakchi o‘rinni saqlab qoldi. Hatto qiymatning 14,5 foizga pasayishi ham bunga to‘sqinlik qilmadi. Hozirda mamlakat brendi 23,7 trln dollarga baholandi. Milliy brend qiymati bo‘yicha Xitoy ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu yil mamlakat qiymati atigi 3,7 foizga kamayib, 18,8 trln dollarni tashkil etdi.

Yaponiya va Germaniya mamlakatlari reytingda o‘rin almashishdi. Birinchi o‘ntalikdagi eng ko‘p zarar ko‘rgan brend ham aynan nemis brendi hisoblanadi. Beshinchi o‘rindan sakkizinchi o‘ringa qadar bo‘lgan mamlakatlar — Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston va Kanada o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishdi. Italiya to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Janubiy Koreya o‘ninchi o‘ringa tushib ketdi.

Mamlakat20192020
AQSH11
Xitoy22
Yaponiya43
Germaniya34
Birlashgan Qirollik55
Fransiya66
Hindiston77
Kanada88
Italiya109
Janubiy Koreya910

Rossiya1414
Qozog‘iston4444
O‘zbekiston7061
Turkmaniston7981

O‘zbekiston 9 pog‘onaga ko‘tarilib Iroq va Keniya davlatlari o‘rtasida 61-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44 o‘rin), MDH davlatlar o‘rtasida Rossiyada (14 o‘rin).

Ta’kidlash joizki, Irlandiya kuchli eksport va iste’mol xarajatlari asosida mustahkam iqtisodiyotini aks ettiruvchi tovar qiymatining 11 foizga (670 mlrd dollar) o‘sishini qayd etgan 20 ta eng yaxshi milliy brendiga aylandi. Eng katta brend qiymatining o‘sishi Vetnamda kuzatildi (29%).

Argentina reytngda eng tez tushib ketgan milliy brend hisoblanib, uning qiymati 57 foizga pasaydi.