Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali — reyting.mc.uz ishga tushdi. Portalda qurilish tashkilotlari STIR raqamini kiritish orqali ularning reytingini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Tender savdolari aynan mazkur reyting natijalariga ko‘ra o‘tkaziladi va savdolarda yuqori o‘rinda turuvchi tashkilotlar ustunlikka ega bo‘ladi.


Qurilish-pudratchi tashkilotlar reyting natijalari ishonchlilik toifasi bo‘yicha A, B, C, D darajalariga, ular o‘z navbatida reyting bahosiga ajratilgan.

Reytingda 36 mingdan ortiq korxonalar reytingi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat qarori bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi yuritilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.