«qishloq xo‘jaligi vazirligi» tegli maqolalar


«Blekaut» sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi keskin oshib ketmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
26 yanvar 2022, 21:37

«Blekaut» sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi keskin oshib ketmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev elektr energiya va gaz ta’minotidagi uzilishlar ortidan bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetarli miqdorlarda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, ular muqobil energiyaga ulangan muzlatgich va omborxonalarda saqlanmoqda. Issiqxonalar esa bir necha kun ichida tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender yakunlarini o‘rganadi
21 sentabr 2021, 20:23

Qishloq xo‘jaligi vazirligi uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender yakunlarini o‘rganadi

1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,9 mlrd so‘mlik tender yakunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. «Gazeta.uz» savdolarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi
23 avgust 2021, 09:39

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.

Sabzi narxining yaqin kunlarda arzonlashishi kutilmoqda — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
22 iyun 2021, 20:41

Sabzi narxining yaqin kunlarda arzonlashishi kutilmoqda — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi noqulay ob-havo tufayli yetilishi kechikkan «ertapishar» sabzi hosilini yig‘ib olish boshlanganini ma’lum qildi. «Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlash va uning narxi bosqichma-bosqich arzonlashishiga olib keladi», — deya qayd etdi vazirlik.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi sovuq tufayli hosil yo‘qotilishini baholamoqda
3 mart 2021, 09:56

Qishloq xo‘jaligi vazirligi sovuq tufayli hosil yo‘qotilishini baholamoqda

O‘zbekistonda fevral oyining oxirida sovuq ob-havo tufayli hosil yo‘qotilishini baholash ishlari olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatning shimoliy hududlarida sovuq paytida «o‘simliklarning aksariyat qismida kurtaklar hali paydo bo‘lmaganligini» ta’kidladi. «Umid qilamizki, janubiy viloyatlar ham katta yo‘qotishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi», — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Qirg‘izboyev.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
25 fevral 2021, 19:20

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

Sovuq havoda ekinlarni asrab qolish uchun nima qilish kerak?
23 fevral 2021, 17:46

Sovuq havoda ekinlarni asrab qolish uchun nima qilish kerak?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi keskin ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari, meva, sabzavot va daraxtlarni saqlab qolish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalarni ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
13 yanvar 2021, 16:15

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xodjayev va Botirjon Sulaymonov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ma’lumotga ko‘ra, Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tadi. Botirjon Sulaymonov esa Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting