«pora olish» tegli maqolalar


Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda
23 dekabr 2022, 12:00

Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX Urganch tumani hokim o‘rinbosari va «Chorvanasl» markazining mutaxassisini hibsga oldi
25 oktabr 2022, 17:41

DXX Urganch tumani hokim o‘rinbosari va «Chorvanasl» markazining mutaxassisini hibsga oldi

Urganchda «Chorvanasl» markazi mutaxassisi fuqaroning 50 gektar yerini yangi fermer xo‘jaligi tarkibida qayta rasmiylashtirib berish evaziga $60 ming olganida ushlandi. Voqeaga aloqador tuman hokimi o‘rinbosari ham $43 ming pora bilan qo‘lga olindi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda Veolia kompaniyasi xodimi $600 pora bilan qo‘lga tushdi
16 oktabr 2022, 09:41

Toshkentda Veolia kompaniyasi xodimi $600 pora bilan qo‘lga tushdi

Yangihayot tumanida Veolia Energy Tashkent xorijiy kompaniyasi xodimi $600 pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shu yo‘l bilan abonentning qarzini so‘ndirishga va’da bergan.

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi
29 sentabr 2022, 13:56

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev yirik miqdorda — $110 ming pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi, deb xabar berdi mamlakat IIV. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi mazkur ish yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Metropoliten xodimi ishga kiritib qo‘yish uchun $1000 pora olganlikda gumonlanmoqda
24 sentabr 2022, 10:41

Metropoliten xodimi ishga kiritib qo‘yish uchun $1000 pora olganlikda gumonlanmoqda

22 sentabr kuni «Toshkent metropoliteni» tuzilmasi xodimi fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun undan 1000 AQSh dollari pora olayotganda ushlangan. Xodim Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olindi.

Jizzaxda o‘rmon noziri daraxt kesganlarga jarima qo‘llamaslik evaziga pora olgani aytilmoqda
22 sentabr 2022, 11:50

Jizzaxda o‘rmon noziri daraxt kesganlarga jarima qo‘llamaslik evaziga pora olgani aytilmoqda

Jizzax viloyatida o‘rmon noziri 14 dona terak va qayrag‘och daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qo‘llamaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilganlikda gumonlanyapti. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Andijonda fuqaroni $1500 evaziga ishga kiritishga uringan shaxs ushlandi
15 avgust 2022, 12:41

Andijonda fuqaroni $1500 evaziga ishga kiritishga uringan shaxs ushlandi

Andijonda fuqaroni tanishlari orqali hamshira lavozimiga ishga kiritishga uringanlikda gumonlangan shaxs 1500 dollar olganida ushlandi. Farg‘onada esa boshqa bir shaxs Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish evaziga olgan 5400 dollardan 1000 dollarini qaytargan vaqtida qo‘lga olindi.

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi
18 iyul 2022, 18:18

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

DXX Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan birini o‘z xizmat xonasida MCHJ ish yurituvchisidan 400 dollar pora olayotganda ushladi. U MCHJni «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, 500 dollar talab qilgan.

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi
13 may 2022, 17:30

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U mahalliy fuqaroga viloyat tez tibbiy yordam markaziga feldsher bo‘lib ishlashga kiritishni va’da qilganligi aytilmoqda. Tuman hokimiyati «hokim yordamchisi avvalgi ish joyidagi imkoniyati tufayli pora olgani, hozirgi lavozimi unga bunday vakolatlar bermasligini» ta’kidladi.

Andijonda xokimiyat bosh yuristkonsulti pora bilan qo‘lga tushdi
28 aprel 2022, 16:58

Andijonda xokimiyat bosh yuristkonsulti pora bilan qo‘lga tushdi

Asaka tumani hokimligi bosh yuristkonsulti fermer xo‘jaligining suddagi ishini hal qilib berish evaziga $1000 olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazmda 10 mln so‘m pora olgan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori 5 yilga qamaldi
9 fevral 2022, 16:12

Xorazmda 10 mln so‘m pora olgan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori 5 yilga qamaldi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.J. tadbirkorga 122,5 mln subsidiya ajratish evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. JIB Yangibozor tuman sudi uni aybli deb topib, 5 yilga ozodlikdan, qolaversa, 2 yilga davlat tashkilotlarida mansabdor sifatida ishlash huquqidan mahrum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting