22 sentabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasida korrupsiyaga oid jinoyat holati aniqlandi, deya xabar bermoqda «Toshkent metropoliteni» matbuot xizmati.

Tuzilma xodimi «R.R.» fuqaro «L.L.»ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga 1000 AQSh dollari pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Buni metropolitenning Korrupsiyani oldini olish xizmati xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari hamkorlikda aniqladi.

Prokuratura organlari xodimga Jinoyat kodeksining 28,168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28, 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Xodim o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olingan.