Asaka tumani hokimligining bosh yuristkonsulti tovlamachilik yo‘li bilan fuqarodan 1000 AQSh dollari olayotganda qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda DXX.

«A» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi ixtiyoriga berilgan 20,2 gektar yer maydoni bo‘yicha boshqa bir fermer xo‘jaligi bilan Andijon tumanlararo ma’muriy sudida sudlashgan.

Konsultant esa apellyatsiya tartibida ko‘rilayotgan ishni viloyat sudida ishlovchi tanishlari yordamida «A» xo‘jaligining foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan. Buning uchun 1500 dollar so‘ragan.

Holat yuzasidan Departament Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov davom etmoqda.