Andijonda fuqaroni noqonuniy tarzda ishga kiritishga uringan shaxs, Farg‘onada esa Janubiy Koreyaga ishga yuborishga va’da bergan shaxs ushlandi. Bu haqda deya Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari X.B. fuqaro Sh. ni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga qarashli poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida esa fuqaro M.I. fuqaro R.ni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘natish evaziga olgan 5400 dollardan 1000 dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.