«olmaliq» tegli maqolalar


Olmaliqda Damas urib ketgan o‘quvchi qizlardan biri vafot etdi
24 may 2023, 15:09

Olmaliqda Damas urib ketgan o‘quvchi qizlardan biri vafot etdi

15-may kuni svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan Damas haydovchisi tomonidan urib ketilgan ikki o‘quvchi qizdan biri vafot etdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi qiz davolanmoqda va yaqin orada uyiga ruxsat beriladi.

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi
18 aprel 2023, 12:28

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi

Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning sifati tanqid qilingach, hududda o‘rganish o‘tkazildi. obyektda ko‘plab me’yoriy talablar buzilgani aniqlandi. Hozirda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan, pudratchi ma’muriy jarimaga tortildi.

Olmaliqda MCHJ rahbari 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda
22 fevral 2023, 14:42

Olmaliqda MCHJ rahbari 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida MCHJ rahbari kredit evaziga xarid qilingan 2,3 mlrd so‘mlik qurilish materiallarini boshqa shaxslarga sotib yuborganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Olmaliqda mikroavtobus urib ketishi oqibatida ona-bola vafot etdi
11 noyabr 2022, 11:47

Olmaliqda mikroavtobus urib ketishi oqibatida ona-bola vafot etdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yo‘ldan o‘tayotgan ona-bola Istana urib ketishi oqibatida shifoxonada vafot etdi.

Uchta hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi
31 may 2022, 11:08

Uchta hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan besh nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular jami 9100 dollarni 100 mln so‘mga sotishga urinishgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olmaliqda MCHJ rahbarining 219,2 mln so‘mlik nasoslarni yaroqsizga chiqarib, o‘zlashtirgani aniqlandi
31 mart 2022, 12:31

Olmaliqda MCHJ rahbarining 219,2 mln so‘mlik nasoslarni yaroqsizga chiqarib, o‘zlashtirgani aniqlandi

Olmaliqda korxona rahbari tekshirish uchun berilgan 219,2 mln so‘mlik 30 ta nasos agregatini yaroqsizligi to‘g‘risida soxta dalolatnomalarni rasmiylashtirib, o‘zlashtirgani aniqlandi.

Toshkent viloyatidan o‘tuvchi yo‘l chetida ishlayotgan fuqarolar obodonlashtirish xodimlari va jamoat ishchilari ekanligi aytildi
26 iyul 2021, 18:22

Toshkent viloyatidan o‘tuvchi yo‘l chetida ishlayotgan fuqarolar obodonlashtirish xodimlari va jamoat ishchilari ekanligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahriga eltuvchi yo‘l trassasida yalpi hashar o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, tasvirlardagi fuqarolarning aksariyati obodonlashtirish xodimlari hamda jamoat ishchilari hisoblanadi. Ularning ish haqlari belgilangan tartibda to‘lab berilishi aytilmoqda.

Olmaliqda ayollar yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ydi
30 aprel 2021, 15:59

Olmaliqda ayollar yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ydi

Olmaliq shahrida ayollar tomonidan yo‘lning qatnov qismi to‘sib qo‘yildi. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mazkur fuqarolar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kvota olishganini ma’lum qildi.

Savdogar ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar ishdan olindi
16 aprel 2021, 10:38

Savdogar ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar ishdan olindi

Ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar bo‘yicha tarqalgan videodan so‘ng, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining 11 nafar xodimi vazifasidan ozod etildi. Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berildi.

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari uchun kelganlar orasida tiqilinch yuzaga keldi
4 noyabr 2020, 13:01

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari uchun kelganlar orasida tiqilinch yuzaga keldi

Olmaliqda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tayotgan madaniyat saroyida fuqarolar sonining ortib ketishi katta tiqilinchga olib keldi. Yarmarka boshqa hududga ko‘chirildi.

Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi
13 oktabr 2020, 17:44

Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi

Qobil Xamdamov Olmaliq shahriga hokim etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Usmon Rahimov o‘g‘lining mojaroli xatti-harakatlari ortidan ishdan olindi.

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi
20 avgust 2020, 19:55

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

«Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti («MISiS») Olmaliq filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting