101 yildan buyon yashab kelayotgan “Mushtum” jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Tahririyat buning sababini “iqtisodiy qiyinchiliklar”, deya izohladi. Jurnal faoliyati ma’lum vaqtga to‘xtatilganiga oid xabar tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
AQSh elchisi Jonatan Henik “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabriklash maqsadida jurnal tahririyatida bo‘ldi. U “Mushtum”ning muxlisi ekanini va elchixona jurnalga obuna bo‘lganini aytgan. “Elchining tashrifidan boshimiz osmonga yetdi”, — dedi jurnal bosh muharriri Nosirjon Toshmatov.
«Uylanishga sarf bo‘ladigan pulning hisobi chiqdi. Miqdorini aytmay, qo‘rqib ketasiz. Faqat bir narsani aytishim mumkin: hozir 25 daman. Sovxozda mexanizatorman, maoshim tuzuk. Tejamkorlik bilan jamg‘arsam, pulni to‘plash uchun yana 19 yil-u 9 oy kerak ekan […] Demak, 45 yoshimda nikoh to‘yimiz bo‘larkan».
«Oramizda bitta-yarimta shunaqa, yomon yaradek bema’ni odamlar ham bo‘lgan […] Xullas, sen tug‘ilguncha ana shunday oltinchi barmoqdek ortiqcha kishilarni oramizda qoldirmaslikka so‘z beramiz […] Bizdan va biz yashayotgan davrning eng yaxshi kishilaridan ulug‘ jamiyatning grajdanlariga salom ayt!»
«„Chilonzor-22 kvartal shu yermi? O‘tgan yili ham xuddi shu yerda ko‘chat ekayotganmidilaring? O‘sha ko‘chatlar qani?“ […] JEK olti yilda 69 mingdan ko‘proq daraxt ekkan. 80 foizi ko‘kardi, deb rayonga ma’lumot ham bergan, lekin yarmi ham qolgan emas. Shuncha daraxt ko‘karsa, hammayoq ko‘kalamzor bo‘lib ketmasmidi».
«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».
“Toshkentdagi ko‘pgina ariqlarda bir vaqtlar baliq va turli jonivorlar bo‘lardi. Hozir ko‘plarida hatto qurbaqaning ham ovozi eshitilmay qolgan. […] Xayriyatki, oqar suvlarning tillari yo‘q, aks holda: Ho‘v, noinsoflar! Obi hayotni iflos qilib koni zararga aylantirgani uyalmaysizlarmi?! — deb bong urardi”.
«Xizmatchisi savodsizlik maktabida o‘qiyotgan biri kishini traktorist „savodsiz!“ desa alam qilmaydimi? — dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, — „labingdan bo‘lsa olsam-ye, shakar lab“, deganim u kishiga yoqmapti, „bo‘lsa“ emas, „bo‘sa“ emish! O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman!»
«Ma’lum bo‘lishicha, ZAGS va militsiya bo‘limlarining pasport stollarida ishlovchi savodi g‘ovlab ketgan ayrim xodimlari metrika va pasportlarda o‘zbekcha to‘ldiriladigan joylarni ruscha yoki butunlay savodsizlarcha to‘ldirib, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarar ekanlar».
Abdulhamid Cho‘lpon tomonidan salkam bir asr avval yozilgan «Taraqqiy» maqolasida o‘z tarixiga qiziqmaydigan, o‘z tilini hurmat qilmaydigan, o‘yinqaroqroq (hozirgi kunlarning ba’zi faollari tomonidan «ma’naviyatsiz», «ma’naviyatdan uzoq» deya ta’riflanishi mumkin bo‘lgan) yoshlar toifasi ko‘rsatilgan.
“Darhaqiqat, mamlakatda islohotga muhtoj masalalar ko‘bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohoti, […] yoshlarg‘a axloq va kiyim, xotinlarga jabru zulm, domlalarg‘a din va salla, […] va hokazo islohotlarga nihoyat darajada ehtiyoj ko‘bdir”.
“Bu „Mushtum“ — zo‘rliq mushtumi emas, haqliq mushtumidir; bu „Mushtum“ — zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir… Tumshug‘ingiz ustiga yangi mehmon muborak bo‘lsin, afandilar!..”
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting