O‘zbekistonda o‘tgan haftada qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 29 foizga va o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2 baravarga oshdi. Avvalroq mahsulot narxining oshishiga yanvar oyidagi anomal sovuq sabab sifatida ko‘rsatilgandi.
Zangiota tumanida 3 ta issiqxona 5000 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Oqibatda davlatga 87 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Prezident qarori bilan issiqxona xo‘jaliklariga gaz to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-aprelgacha hisoblanmaydi. Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
Prezident Administratsiyasi rahbari issiqxonalarni gazdan uzib qo‘ygan mutasaddilar harakatini «davlat xavfsizligiga tahdid», deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gazning atigi 1,5 foizi tejalgan, lekin eksport va ish o‘rinlari «o‘ldirilgan». U «gaz o‘g‘rilaydigan» AGTKSHlar bilan shug‘ullanishni topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzakovga issiqxonalar gazdan uzilgan holatni zudlik bilan ko‘rib chiqishni buyurdi. Payshanba kuni Energetika vazirligi shu kunning o‘zidayoq gaz ta’minoti tiklanganini ma’lum qilgandi, keyinchalik bu xabar o‘chirildi. Endi esa issiqxonalarda 1 kun ichida gaz tiklanishi aytilmoqda.
Seshanba kuni issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, turli hududlaridan kelgan o‘nlab tadbirkorlar dastlab prezident Administratsiya rahbari bilan ko‘rishishga uringan, biroq ular Vazirlar Mahkamasiga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
2020 yil Chortoq tumanida adirlikda tashkil etilgan 1000 ta issiqxonaning 95 foizi yaroqsiz holda ekani aniqlandi. 6,7 mlrd so‘m subsidiya va 6,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan issiqxona tumandagi 1000 ta kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlashi kerak edi.
O‘zbekistonda har birining maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxonalar tashkil etiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tayyor holdagi issiqxonalar 2021 yil 31 dekabriga qadar bojxona bojidan ozod qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting