Senatorlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlariga ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, jumladan, daraxtlarni kesish, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun jarima solish va qamoqqa olish imkoniyatini beruvchi qonunni ma’qulladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari, kasb madaniyati bo‘yicha yangi kodeksga muvofiq, xushmuomala, e’tiborli, ehtiyotkor, fuqarolar va hamkasblariga nisbatan bag‘rikeng bo‘lishi lozim. Ular fuqarolarga qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.
Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.
Publitsist va bloger Shokir Sharipov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib, poytaxtda bir kishilik piket uyushtirdi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bunga «ichimdagi isyon majbur qildi», deya ta’kidladi.
Prezident ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, barcha jabhalar qatori IIO faoliyatini liberallashtirish, sohada ochiqlik va oshkoralik muhitini kuchaytirish, «insonparvar va xalqchil tizimga» aylantirish maqsadida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni videoga olgandan so‘ng, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini ma’lum qildi. IIV rahbari matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bu borada hujjat hali ishlab chiqilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «to‘liq taqiq bo‘lmasa-da, qandaydir chegaralar qo‘yiladi». Bunga deputat Rasul Kusherbayev e’tiroz bildirdi.
2021 yilda ichki ishlar organlarining 89 nafar xodimi 119 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan. Bu 2020 yilga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Ularning aksariyati hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va pora «oldi-berdi"si bilan bog‘liq.
Daryo nashri muxbirining telefonini tortib olib, uni militsiya bo‘limiga olib borishni buyurgan Qarshi shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari «qattiq hayfsan» oldi. Boshqa xodimlarining harakatlarida hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagani ma’lum qilindi.
Aprel oxiriga qadar Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjatda patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash ko‘zda tutiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting