Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Senat tomonidan ma’qullangan Davlat byudjetining 2021 yilgi xarajatlari 165,8 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, 2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln so‘m miqdorida yoki joriy yilga nisbatan 13 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.
Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti bilan Vazirlar Mahkamasiga berilayotgan vakolat qonunga zid bo‘lib chiqmoqda. Hisob palatasi yangi qonun loyihasi Byudjet kodeksiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini qayd etdi.
Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, YAIM 5,1 foizga o‘sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co‘mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko‘rsatkichlardan 5,6 foizga ko‘p.
Koronavirusga qarshi kurashish uchun zahira yaratish maqsadida 2020 yildagi davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m mablag‘ni maqbullashtirish taklif etildi. Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlariga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi oktyabr-dekabr oylari uchun to‘xtatib turiladi.
2020 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln so‘mni, xarajatlari esa 64,8 trln so‘mni tashkil etib, defitsit 6,7 trln so‘mga teng bo‘ldi.
Moliya vazirligi 2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda. Xususan, mamlakat kafolati ostida jalb etish tashqi qarz chegarasini $1 mlrdga ($4 mlrddan $5 mlrdgacha) oshirish, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlarini o‘zgartirish ko‘zlangan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting