Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Shuningdek, 2021 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat byudjeti prognozlari hamda 2022−2023 yillar uchun byudjet mo‘ljallari belgilandi.

Shuningdek, 2021 yil uchun quyidagi ayrim to‘lovlar stavkalari tasdiqlandi:

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
  • tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
  • avtotransport yig‘imlarining stavkalari.

Ushbu Qonun 2021 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.