2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda. Bu haqdagi tegishli qonunga Moliya vazirligi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish taklifini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra, «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda:

  • 16-moddaning «4 mlrd. AQSH dollari» degan so‘zlar «5 mlrd. AQSH dollari» degan so‘zlar bilan almashtirish.

Qonunning amaldagi ko‘rinishi — «16-modda. 2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilansin».

  • Qonun 3-ilovasining II bo‘limi (2020 yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlari) quyidagi tahrirda bayon etish:


Ta’kidlash joizki, bu taklif O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari amalda ko‘zlangan 5,115 trln so‘mdan 4,368 trln so‘mga qisqarganini (8,54 foizga) va xarajatlari esa 5,115 trln so‘mdan 18,438 trln so‘mgacha (3,6 barobar) ko‘payganini bildiradi.