«chiroqchi tumani» tegli maqolalar


29 avgust 2021, 15:24

Bir guruh chiroqchiliklar prokuror bilan uchrashish uchun g‘alayon ko‘targaniga izoh berildi

Chiroqchida qo‘shni homilador ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lganida ayol tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan marhumning yaqinlari prokuror bilan uchrashish maqsadida to‘palon ko‘targani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura mazkur yig‘ilish aslida IIO tomonidan aholi vakillari bilan mast holda o‘g‘lini o‘ldirgan ota bilan bog‘liq jinoyat ishini muhokama qilish uchun tashkil etilganini bildirdi.

18 iyul 2021, 20:15

Chiroqchida YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikki Nexia ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Ikki avtomashina haydovchilari esa shifoxonaga yotqizilgan.

15 iyul 2021, 17:24

Qashqadaryoda bemordan 5000 so‘m so‘ragani uchun bo‘shatilgan feldsher ishga qayta tiklandi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. «Adolat» SDP Chiroqchi tuman Kengashi raisi Sobir Axmedov va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida feldsher ishga qayta tiklandi.

6 iyul 2021, 15:21

Iyunda temir yo‘lni to‘sib qo‘ygan chiroqchiliklar 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘ida iyun oyida energiya ta’minoti muammolariga e’tiborni jalb qilish uchun Toshkent-Qarshi temir yo‘lini to‘sib qo‘ygan to‘qqiz fuqaro 15 kunga hibsga olindi.

2 iyul 2021, 23:54

Qashqadaryoda bemordan 5000 so‘m so‘ragan feldsher ishdan bo‘shatildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatildi.

24 iyun 2021, 23:18

Chiroqchida elektr ta’minotidagi muammo sababli «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlar sudga chaqirildi

Chiroqchi tumanida elektr ta’minotidan norozi bo‘lib, «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlarning 13 nafari sudga chaqirildi. Mazkur ish doirasida 50 nafar fuqaroga chora ko‘rilayotgani aytildi.

3 may 2021, 09:49

Chiroqchida qiz notanish shaxs tomonidan kaltaklandi

Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir qiz notanish yigit tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

17 fevral 2021, 12:13

Qashqadaryoda 6 yoshli piyodani urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekani aytilmoqda

Chiroqchida piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan 6 yoshli o‘quvchini katta tezlikda kelib urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekanligi aytilmoqda. U bolani zudlik bilan shifoxonaga olib borish o‘rniga o‘qituvchini haqoratlagan. Bola tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli og‘ir.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting