Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi kunduzgi muolaja feldsheri G‘. A. lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Bunga tibbiyot xodimining bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani aks etgan videoyozuv sababchi bo‘ldi. Qayd etilishicha, bo‘lim sanitariya talablariga ham javob bermagan. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu xabarni tasdiqladi va hodisaning 24 iyun kuni bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. U bilan imzolangan mehnat shartnomasi 1 iyul kuni bekor qilingan.

Bundan tashqari, xabarda qayd etilishicha, tuman yuqumli kasalliklar bo‘limida sanitariya talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.