Chiroqchida YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda «Nasaf TV» telekanali.

Hodisa 12 iyul kuni soat 09:20 lar atrofida Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan Yettitom-Qarshi yo‘lining 53-kilometrida sodir bo‘lgan.

Foto: «Nasaf TV» telekanali

Ushbu yo‘lda harakatlanib ketayotgan Nexia-1 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashgan.

Oqibatda har ikkala mashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Nexia-1 da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ona-bola, Nexia-2 da esa bir nafar yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.