4-avgust kuni xalq deputatlari Chiroqchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusupov Fayzulla Yakubovich tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Bungacha tumanni hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi Zafar Ergashev boshqargan.

Fayzulla Yusupov 1976-yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Toshkent moliya institutini, 2006-yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. U Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kuni kecha viloyatning Mirishkor tumaniga Fayzullo G‘ulomov hokim etib tayinlangandi.