«bukmekerlik» tegli maqolalar


O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
19 sentabr 2023, 14:41

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklanganini ma’lum qildi. IIOga estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha 11 ta xat ham kiritilgan.

CAFA Nations Cup’dagi bukmekerlar reklamasi o‘zbekistonliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi
21 iyun 2023, 19:34

CAFA Nations Cup’dagi bukmekerlar reklamasi o‘zbekistonliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi

O‘zbekiston milliy termasi o‘yinlarida bukmekerlik kompaniyasi reklama qilingani O‘zbekistonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda futbol uchrashuvlarida bukmekerlar birinchi marta reklama qilinmayapti, ammo bu qadar shov-shuvli holatning rasmiylar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi birinchi marta kuzatildi

O‘zbekistonda yana bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ko‘tarildi
7 aprel 2023, 21:51

O‘zbekistonda yana bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ko‘tarildi

Prezident 2022-yil aprelida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish haqidagi qarorini bekor qilgan edi. Biroq oradan bir yil o‘tib, yangi qaror bilan ushbu yo‘nalishda takliflar kiritish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni topshirdi.

Bukmekerlikni bloklash hech qachon yechim bo‘lmaydi — O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev
29 may 2022, 12:41

Bukmekerlikni bloklash hech qachon yechim bo‘lmaydi — O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev

«Menimcha» ko‘rsatuvida O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatiga nega ruxsat berilmaganiga izoh berildi. O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlikni jamoatchilik yaxshi qarshi olmaganligini qayd etdi. Biroq u bukmekerlikni taqiqlash ham muammoga yechim bo‘lmasligini ta’kidlab, sohani nazoratga olish bo‘yicha takliflar kerakligini aytdi. IIV Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Behzod Mamajonov ham bloklash chora bo‘lmasligiga to‘xtalib, bukmekerlikni reklama qilayotgan aksariyat takshilotlar chet el serverlarida o‘tirishiga e’tibor qaratdi.

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish bekor qilindi
28 aprel 2022, 19:08

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish bekor qilindi

Prezident O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Prezidentning avvalgi farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat berilgan, biroq huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli mamlakatda ular faoliyati noqonuniy bo‘lib qolayotgan edi.

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida
21 dekabr 2021, 10:21

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi
29 sentabr 2021, 17:47

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik saytlari bloklandi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni chekladi.

Bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faqat O‘zbekiston rezidentlariga ruxsat berish taklif etildi
14 sentabr 2021, 18:57

Bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faqat O‘zbekiston rezidentlariga ruxsat berish taklif etildi

Qonunchilik palatasi a’zosi Doniyor G‘aniyev faqatgina O‘zbekiston rezidentlariga bukmekerlik bilan shug‘ullanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Deputat norezident bukmekerlarga O‘zbekiston bank tizimidan to‘lovlar amalga oshirilishini taqiqlash kerakligini ham aytdi. Shuningdek, u totalizatorlarni reklama va targ‘ibot qilishga ruxsat bermaslik hamda jismoniy shaxslar uchun «stavka"larning maksimum chegarasini belgilash taklifini ilgari surdi.

Bukmekerlik faoliyatini qonuniy tartibga solish taklif qilindi
8 sentabr 2021, 19:27

Bukmekerlik faoliyatini qonuniy tartibga solish taklif qilindi

XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bir qator qonunlarga bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etildi.

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi
26 iyul 2021, 16:01

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini litsenziya bilan amalga oshirishga ruxsat berilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lum qilishicha, bugunga qadar mamlakat hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun hech kimga litsenziya berilmagan. Agentlik ushbu faoliyatlar hali ham qonuniy emasligini eslatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting