«bmt bosh assambleyasi» tegli maqolalar


Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi
25 sentabr 2022, 11:12

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT minbarida nutq so‘zladi. Vazir nutqi davomida iqlim o‘zgarishi, ta’lim, yashil iqtisodiyot, konstitutsiyaviy tuzatishlar va Taraqqiyot strategiyasi borasida gapirdi. O‘zbekiston Afg‘onistonga xalqaro e’tiborning pasayishidan xavotirda ekanligini bildirdi.

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga 77-sessiyada masofadan turib nutq so‘zlashga ruxsat berdi
18 sentabr 2022, 23:52

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga 77-sessiyada masofadan turib nutq so‘zlashga ruxsat berdi

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga istisno tariqasida videomurojaat orqali bo‘lajak sessiyada nutq so‘zlash imkonini berdi. Bu qarorni 101 davlat, jumladan Qozog‘iston qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekiston ovoz berishda betaraf qoldi.

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi
18 sentabr 2022, 12:22

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi

Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 19−24 sentabr kunlari AQShga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida nutq so‘zlaydi.

BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani tasdiqladi
12 iyul 2022, 13:56

BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani tasdiqladi

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tomonidan 40 ta davlat bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Hujjat Nyu-Yorkda Abdulaziz Kamilov tomonidan taqdim etildi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi
7 aprel 2022, 23:23

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi

BMT Bosh Assambleyasi favqulodda maxsus sessiyasida Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatdi. Ukraina va 50 dan ortiq boshqa davlatlar taklif qilgan rezolyutsiyani 93 davlat qo‘llab-quvvatladi. 58 davlat betaraf qoldi, 24 delegatsiya, jumladan O‘zbekiston qarshi chiqdi.

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi
25 mart 2022, 10:45

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari» rezolyutsiyasini qabul qildi. Uni 140 davlat qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va 4 davlat qarshi chiqdi. 38 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. Rezolyutsiyada Rossiyadan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, fuqaro obyektlari va aholiga hujum qilmaslik, shaharlar blokadasini to‘xtatish talab qilinadi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi
2 mart 2022, 23:54

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuz» rezolyutsiyasini qabul qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi. Uni 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, «Belarus ishtirokidan» afsus bildirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting