2022 yil 19−24 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

TIV rahbari BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi.

Shuningdek tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazadi hamda ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi.

Vladimir Norov 2021 yil 31 dekabrdan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2022 yil 27 apreldan esa tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.