«bloger» tegli maqolalar


Toshkent hokimi o‘rinbosari insta-blogerni sudga berdi
15 noyabr 2022, 21:52

Toshkent hokimi o‘rinbosari insta-blogerni sudga berdi

Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova insta-bloger Sevinch Sa’dullayevani sudga berdi. Sud vaqtida bloger o‘z qilmishlarini boshqa takrorlamaslik hamda barcha video va fotosuratlarni o‘chirib tashlashga va’da berib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan, biroq 5 sutkaga qamalgan.

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi
30 sentabr 2022, 11:19

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.

Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger ozod etildi
7 fevral 2022, 12:36

Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger ozod etildi

O‘zbekistondan Novosibirskka uchib ketayotganida bagajida dron aniqlangani uchun qo‘lga olingan rossiyalik trevel-bloger Maksim Limar uy qamog‘idan ozod etildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, u ayni vaqtda vatanga qaytib ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Erkinjon Turdimov tanqidiy material yozadigan jurnalist va blogerlarni mukofotlashni taklif etdi
3 fevral 2022, 10:43

Erkinjon Turdimov tanqidiy material yozadigan jurnalist va blogerlarni mukofotlashni taklif etdi

Samarqand viloyati hokimi tanqidiy material yozuvchi jurnalist va blogerlarni moddiy rag‘batlantirishini ma’lum qildi. «Negativ» material uchun rag‘batlantirish ishlari 15 fevraldan boshlanib, har hafta amalga oshirilishi aytildi. Mablag‘lar ishida kamchilikka yo‘l qo‘ygan davlat xizmatchilari oyligidan tushgan jarimalar hisobiga to‘lanadi.

Avvalroq zaharlangani aytilgan qo‘qonlik bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi
15 sentabr 2021, 22:17

Avvalroq zaharlangani aytilgan qo‘qonlik bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi

Facebook’dagi «Qo‘qonjonim» guruhi ma’murlaridan biri, bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi. Avvalroq uning zaharlangani va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyat KTTM bosh shifokori bu kabi xabarlarni asossiz deb atab, bemorda zaharlanish alomatlari bo‘lmaganini ta’kidladi.

Bloger Otabek Sattoriyga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi
1 mart 2021, 13:03

Bloger Otabek Sattoriyga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini yakunladi. Blogerga avvalgi ayblovga tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish bo‘yicha moddalar bilan ham

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda
8 fevral 2021, 21:34

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda

Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.

Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi
19 yanvar 2021, 19:02

Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi

Andijonda bloger ayol QK sobiq rahbarlariga oid jinoiy ishni tajribasiz sudya ko‘rayotgani, unga kiritilgan iltimosnoma va arizalar rad etilgani uchun sudlanuvchilar va o‘zi ochlik e’lon qilishini aytdi. «O‘zbekistonda haqiqatga erishish uchun och qolib, o‘ladigan bo‘lsam, shunga ham roziman», — dedi u. Sudyalar oliy kengashi uning qarorini vaziyatga siyosiy tus berib, bosim o‘tkazishga urinish deb baholadi.

So‘xdagi tartibsizliklarda ayblanayotgan olti kishining ismi ma’lum bo‘ldi
4 sentabr 2020, 13:01

So‘xdagi tartibsizliklarda ayblanayotgan olti kishining ismi ma’lum bo‘ldi

«Gazeta.uz» So‘x tumanidagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan olti kishining ismini aniqladi. Ulardan ikki nafarining oilasi bilan suhbatlashdik. Qarindoshlari qo‘lga olinganlarning mojaroda ishtirok etmaganini ta’kidlashmoqda.

Bloger Haydarjon Bobohaydarov ozod qilindi
2 sentabr 2020, 23:55

Bloger Haydarjon Bobohaydarov ozod qilindi

Bosh prokuratura So‘x tumanidagi tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan Haydarjon Bobohaydarovning (bloger Dadaxon Haydarov) ozod qilingani haqida xabar berdi. U bilan yana bir gumonlanuvchi — Dilmurod Mahbubov ham ozod qilingan.

«Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi
29 avgust 2020, 20:56

«Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi

Iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, uni boshiga qop kiygizgan holda vertolyotda olib ketishgan. Yaqinlari 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligidan bexabar. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlariga 80−90 odam olib borilgan.

Adliya vaziri maslahatchisi koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi
11 iyul 2020, 16:26

Adliya vaziri maslahatchisi koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Adliya vaziri maslahatchisi va bloger Shahnoza Soatova o‘zini va oila a’zolarini koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U yarim kun SES eshigi oldida turib, test topshirolmay qaytganini, test bo‘lmaganligi uchun tez yordam va poliklinika uni koronavirusga chalinganligini tan olmayotganligini aytgan. Bloger sog‘liqni saqlash vazirligidan o‘zini o‘zi davolash bo‘yicha yo‘riqnomalarni chiqarib, tarqatishni talab qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting