Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidan bo‘lgan Haydarjon Bobohaydarov (bloger Dadaxon Hasanov) hibsdan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

1 iyun kuni viloyat prokuraturasi So‘x tumanidagi tartibsizliklar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 214-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Aybdor sifatida olti kishi jalb qilingan. Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, 22 yoshli Haydarjon Bobohaydarov hamda 28 yoshli Dilmurod Mahbubov ishga gumondor sifatida jalb qilingan (ish bo‘yicha ikki nafar gumondor bo‘lgan).

Hayot Shamsutdinov ularni hibsga olish vaqti 23 avgustdan hisoblanishini qo‘shimcha qildi. Dadaxon Haydarov ushlab turish uchun yetarli asos bo‘lmagani uchun ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingani haqida habar bergandik. Blogerning otasi Sherali Eraliyev 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligini bilmasligini aytdi.