Bektemir tumanida elektrobus haydovchisini bir necha kishi kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgani sababli kelib chiqqani, tergovga qadar tekshiruv ketayotganini bildirdi.
Toshkent shahri Bektemir tumaniga avval Chilonzor tumani hokimining “Gavhar” mahallasidagi yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov hokim etib tayinlandi.
2021-yildan buyon Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Tapil Mahamadziyayev lavozimidan ozod qilindi. Yanvarda prezident bosh vazirga Mahamadziyayevning lavozimiga loyiqligini hal qilishni topshirgandi. Tumanni vaqtincha boshqarish hokimning birinchi o‘rinbosari Fathulla Nigmanovga yuklandi.
Toshkentdagi 348-sonli maktab (sobiq Toshkent viloyatiga qarashli, kollektor yonida joylashgan) binosida 6-sinf o‘quvchisini suv iloni tishlab oldi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan, shundan so‘ng u o‘qishga qaytgan.
Bektemir tumanida taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni 800 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs oldindan 80 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Uning taqiqni tegishli organlar orqali yechishi va qurilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Poytaxtning Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev «Qo‘yliq» ulgurji bozori Food City majmuasiga bosqichma-bosqich ko‘chishini tasdiqladi. «Food City`da shundoq sharoitlar yaratilganki, bunaqa sharoit Ecobozor`da ham yo‘q. «Qo‘yliq»da asfaltda o‘tirib sotgandan ko‘ra, o‘sha yerga oborib sotgan ma’qul», — dedi u.
Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Toshkentning Bektemir tumanida Howo og‘ir yuk mashinasi Cobalt ustiga ag‘darilib ketdi. Hodisa natijasida Cobalt yo‘lovchisi vafot etgan.
Toshkent shahar Bektemir tumanida IIO xodimlari tomonidan 4 mln so‘mga yaqin pirotexnika vositalari ushlab qolindi.
Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.
Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting