Ibrohimov Jahongir Bahodirovich Toshkent shahrining Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Jahongir Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

2017−2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Bektemir tumanining avvalgi hokimi Shohrux Mamajonov prezident Shavkat Mirziyoyevning tumanga tashrifidan so‘ng tumanning barcha sektorlari rahbarlari — prokuror, IIO FMB boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda lavozimidan ozod qilingan edi.

Avvalroq jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Elbek Shukurovning Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar qilgan edik.