YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkentda fuqaro F.M. turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Cobalt avtomashinasida yo‘lning xavfli burilish joyida tezlikni kamaytirgan.

Shu vaqtda Bektemir tumani tomonidan xavfli burilishga kelgan haydovchi R.M. (1997 y.t.) boshqaruvidagi Howo og‘ir yuk avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan.

F.M. imkon qadar avtomobilini chetgan olishga harakat qilgan, ammo og‘ir yuk avtomobilining haydovchisi boshqaruvini yo‘qotishi va yuk tortib ketishi natijasida u Cobalt ustiga ag‘darilgan.

To‘qnashuv natijasida Cobalt avtomashinasida bo‘lgan yulovchi K.M. (1988 y.t.) og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.