IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, 2020 yil 13 dekabr kuni Bektemir tumani IIO FMB inspektorlari «Compass» ko‘ngilochar savdo markazi hududida tekshiruv o‘tkazishdi.

Aniqlanishicha, savdo markazi yaqinida 17 yoshli samarqandlik S.U. xodimlarning e’tiborini tortdi va uning yonidan jami narxi 910 000 so‘m bo‘lgan 13 blok (7230 ta) ikki turdagi pirotexnika vositasi topilib, olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX postida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari 45 yoshli farg‘onalik Z.M.ni to‘xtatishdi.

Tekshiruv davomida fuqarodan 141 ta jami 2 820 000 so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari topildi.

Yuqoridagi faktlar asosida to‘plangan hujjatlar tuman sudiga yo‘naltirildi, deyiladi xabarda.