Toshkentning ikkita tumanida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi, deya IIBB matbuot xizmati.

Podpolkovnik Ergashev Elyor Urdushevich Toshkentning Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Elyor Ergashev Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Abdurazakov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazakov IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil lavozimida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni prezidentning Bektemir tumaniga safaridan so‘ng, barcha to‘rtta sektor rahbarlari — hokim, prokuror, IIO FMB boshlig‘i va soliq inspeksiyasi rahbari lavozimidan бўшатилганэди. Kecha Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumani hokimi etib tasdiqlandi.