Toshkent viloyatining 6 ta tumanida foto va videokameralar o‘rnatiladi
29 aprel 2024, 18:22

Toshkent viloyatining 6 ta tumanida foto va videokameralar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida YTHlarning oldini olish maqsadida foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladi.

Gaaga sudi Isroil yetakchilari, jumladan, Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin — NYT
29 aprel 2024, 17:28

Gaaga sudi Isroil yetakchilari, jumladan, Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin — NYT

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud G‘azodagi urush tufayli bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga nisbatan ayblov e’lon qilishi mumkin. Sud, shuningdek, HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekistonda birinchi chorakda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi
29 aprel 2024, 15:55

O‘zbekistonda birinchi chorakda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘rtacha maosh eng pastligicha qolmoqda.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
29 aprel 2024, 15:24

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

1−2-may kunlari “O‘zekspomarkaz”da imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mebel, to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.

Samarqandda jami 1 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi
29 aprel 2024, 15:20

Samarqandda jami 1 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi. Ulardan biri 688,9 mln so‘mlik, ikkinchisi esa 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan.

YI O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 mln yevro ajratdi
29 aprel 2024, 15:18

YI O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 mln yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish uchun 6 mln yevro miqdorida grant ajratdi. Joriy va kelgusi yilda bu maqsadga jami 20 mln yevro yo‘naltiriladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida 84 ta davlat ishtirok etadi
29 aprel 2024, 15:02

Toshkent xalqaro investitsiya forumida 84 ta davlat ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. 2−3-may kunlari o‘tadigan tadbirda 84 ta davlatdan qariyb 2500 kishi, jumladan, BMT, YeTTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlardan mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.

UzIMEI tizimi operatori Information Technology Center`dagi ulushini sotmoqchi
29 aprel 2024, 14:40

UzIMEI tizimi operatori Information Technology Center`dagi ulushini sotmoqchi

O‘zbekistonda UzIMEI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi Information Technology Center kompaniyasidagi davlat ulushining 49 foizi sotuvga qo‘yiladi.

420 mln dollarga qurilgan va zarar ko‘rayotgan TMZning davlat ulushi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi
29 aprel 2024, 14:12

420 mln dollarga qurilgan va zarar ko‘rayotgan TMZning davlat ulushi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Toshkent metallurgiya zavodidagi davlat ulushining 49,9 foizi 2025-yil iyun oyi oxirigacha xalqaro bozorda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Iyun oyida O‘TTJ sud orqali kiprlik investorlarni loyihadan chetlashtirish haqida qaror chiqartirgan, biroq zavod 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qolgan.

O‘zbekistonlik gimnastikachi qizlar Toshkentda o‘tgan Jahon kubogida yettita medal oldi
29 aprel 2024, 13:03

O‘zbekistonlik gimnastikachi qizlar Toshkentda o‘tgan Jahon kubogida yettita medal oldi

Toshkentda o‘tgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik qizlar jami 7 ta: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Medallarning 5 tasiga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova egalik qildi.

Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda takliflar qabul qilinmoqda
29 aprel 2024, 12:31

Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda takliflar qabul qilinmoqda

Toshkent shahri aholisi geonom.tashkent.uz sayti orqali 13-maygacha Yunusobod tumanidagi 212 ta ko‘cha va obyektni nomlash bo‘yicha o‘z takliflarini yo‘llashi mumkin.

O‘zbekistonda uch oyda nikohlar soni kamaydi
29 aprel 2024, 12:26

O‘zbekistonda uch oyda nikohlar soni kamaydi

2024-yil yanvar-mart oylarida qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan.

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘paygan
29 aprel 2024, 11:35

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘paygan

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida 205 713 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga kam. O‘lim holatlari esa o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga o‘sib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Statistika agentligi dastlabki chorakdagi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

Yangi Andijonda viloyat hokimligining yangi binosini qurish boshlandi (foto)
29 aprel 2024, 11:19

Yangi Andijonda viloyat hokimligining yangi binosini qurish boshlandi (foto)

Yangi Andijon shahrida investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar maydonda viloyat hokimligi binosini qurish ishlari boshlandi. Yangi binolar 3 va 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta ma’muriy xonani o‘z ichiga oladi. 1,4 gektar maydon ko‘kalamzorlashtiriladi.

Hafta davomida harorat isib boradi
29 aprel 2024, 11:13

Hafta davomida harorat isib boradi

Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat ko‘tarila boshlaydi va +24…+31 darajagacha isiydi. Kechalari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib chang-to‘zon kuzatiladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi
29 aprel 2024, 10:39

Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi

Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi.

Ikki erkak aholining yangi kvartiralar uchun to‘lagan pulini o‘zlashtirgani uchun qidirilmoqda
29 aprel 2024, 10:06

Ikki erkak aholining yangi kvartiralar uchun to‘lagan pulini o‘zlashtirgani uchun qidirilmoqda

Toshkentda fuqarolarning yangi qurilgan xonadonlar uchun to‘lagan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berildi. Uylar tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. MCHJ rahbari qamoqqa olindi.

Dubay: san’atni qadrlovchilar uchun ajoyib yo‘nalish
29 aprel 2024, 09:00

Dubay: san’atni qadrlovchilar uchun ajoyib yo‘nalish

Dubay iqtisodiyot va turizm departemanti san’at muxlislari uchun diqqatga sazovor joylar va madaniy tadbirlar xaqida ma’lumot berdi.

Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi
28 aprel 2024, 18:24

Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi

Prezident qarori bilan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Noyabr oyining oxirida undagi davlat ulushi Davaktivga o‘tkazilgandi va o‘shanda gap protsessing markazini xususiylashtirish bilan bog‘liq emasligi aytilgandi.

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogida 3-o‘rinni oldi
28 aprel 2024, 15:15

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogida 3-o‘rinni oldi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tojikiston bilan bahsning asosiy vaqtida 5:5 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston 1:3 hisobida g‘alaba qozondi (foto, video).


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting