Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida foto va videokameralar o‘rnatiladi. Bu haqda 26-aprel kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev farmoyish imzoladi.

Hujjatda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida o‘rnatilayotgani aytilgan. Buning uchun viloyat mahalliy budjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Farmoyish ijrosini viloyat hokimining 1-o‘rinbosari Abdurasul Abdullayev ta’minlashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 4-sentabrdan boshlab tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta mobil radarlar ish boshlagani haqida xabar bergandik.