O‘zbekiston bosh davlat sanitariya nazoratchisi Nurmat Otabekov koronavirus uchun laboratoriya tekshiruvlarida O‘zbekistondagi xususiy tibbiyot muassasalari ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston nodavlat tibbiyot muassasalariga 1 sentyabrga qadar koronovirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilgani haqida xabar qilingandi.

“Koronavirus tashxisi bo‘yicha to‘liq hajmda tadqiqotlar o‘tkazish uchun sog‘liqni saqlash tizimi va Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining laboratoriyalari yetarli. Koronavirusning laboratoriya diagnostikasi bilan bog‘liq barcha xarajatlar mamlakat byudjeti hisobidan qoplanadi”, — dedi Nurmat Otabekov 20 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

21 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligidagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab vakili Habibulla Oqilov ham xususiy tibbiyot muassasalarini jalb qilishning hojati yo‘qligini aytdi.

Xususiy klinikalarni jalb qilish imkoniyati maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining laboratoriya kuchlari tekshirilganda, ularning imkoniyatlari етарли ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda xususiy klinikalarni COVID-19 bo‘yicha tahlillarni o‘tkazishga jalb qilishning hojati yo‘q”, — deya ta’kidladi u.

O‘zbekistonda koronavirus uchun 150 mingdan ortiq sinov o‘tkazilgan, yaqin kunlarda ularning soni 500 mingga yetkazish rejalashtirilgan. “Faqat maksimal sinov qamrovi asta-sekin karantin sharoitini susaytiradi”, dedi Xabibulla Oqilov.

Prezidentning 26 martdagi qarori bilan tibbiyot muassasalariga istisno tariqasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilgan edi.