Prezident qarori bilan O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Oblomurodov Narzullo Naimovich ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sho‘'basi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Shuningdek, Boqijonov Islombek Ismoilovich qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Islombek Boqijonov ayni paytga qadar Samarqand shahri hokimligi qoshidagi “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan edi.