Darslik chop etuvchi nashriyot korxonlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, 2020−2021 o‘quv yilida umumta’lim muassasalarini darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida ularni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlariga jalb etilgan davlat va xususiy nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.

Ushbu korxonalarning faoliyati hududiy Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena tadbirlariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerakligi belgilangan.

Faoliyat davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi, xodimlarga ovqatlanishni tashkil etish, shaxsiy gigiyenik vositalar bilan ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik tegishli korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi.