Microsoft korporatsiyasi asoschisi, amerikalik tadbirkor Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida yozgan.

«Uzoq mulohazalar va munosabatlarimiz bo‘yicha ko‘p ishlardan so‘ng, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — dedi 65 yoshli filantrop va tadbirkor.

Bill Geyts 27 yil nikohda Melinda bilan uchta farzandni voyaga yetkazishganini va dunyo bo‘ylab odamlar salomatligi uchun xizmat qiladigan jamg‘arma yaratishganini qayd etib o‘tdi.

«Biz ushbu missiyaga bo‘lgan ishonchimiz bo‘yicha hamfikr bo‘lishda va jamg‘armadagi birgalikda amalga oshiradigan ishimizni davom ettiramiz. Lekin endi hayotimizning keyingi bosqichida juftlik sifatida rivojlana olishimizga ishonmaymiz», — deya ta’kidladi tadbirkor.