Siyosat

dayjest

Faollarda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida qurilajak AES bo‘yicha savollar bor

2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda.


dayjest

Mirziyoyev va Putin tonggi soat uchgacha muloqot qildi — prezidentlar matbuot kotiblari

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari muzokaralar hamda hududlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng tonggi soat uchgacha muloqotni davom ettirdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov. Kreml vakili Dmitriy Peskov Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbini uyiga taklif qilganini bildirdi.


Iqtisodiyot

dayjest

2023-yilda davlat tashkilotlari jami 6,6 mlrd so‘mlik 3400 dan ortiq smartfon sotib oldi

O‘zbekistonda 2023-yilda davlat tashkilotlari jami 6,6 mlrd so‘mlik 3400 dan ortiq smartfon sotib oldi. Ular orasida eng so‘nggi rusumdagi iPhone 15 Pro Max smartfonlari ham bor. budjet tashkilotlarining bu xaridlari bosh vazirning 2023-yil 5-yanvardagi topshirig‘iga zid ravishda ro‘y bergan.


dayjest

Toshkentdagi International mehmonxonasini xususiylashtirish boshlandi

Davaktiv Toshkentdagi International mehmonxonasini xususiylashtirish boshlanganini e’lon qildi. Mehmonxona “ochiq muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usulida sotilishi rejalashtirilmoqda. Prezident qarorida esa davlat ulushi xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangandi.


dayjest

Aprelda “O‘ztransgaz"ning soliq tushumlari 6,6 baravarga kamaydi

O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilaridan bo‘lgan “O‘ztransgaz” kompaniyasining soliq tushumlari aprelda 6,6 baravarga kamaydi. Kompaniya martda 127 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, aprelda tushumlar 19 mlrd so‘mgacha pasaydi. Shuningdek, 2024-yil 1-choragidagi tushum kutilganidan 87 mlrd so‘m kam bo‘ldi.


dayjest

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni sezilarli darajada oshirmoqchi

2025-yilda Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazi yetkazib berish hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentda. Rossiya energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat gaz, balki elektr yetkazib berish masalasi ham muhokama qilinmoqda.


dayjest

Rossiya O‘zbekiston ko‘llarida ikkita gidro to‘plash elektr stansiyasi qurmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kun tartibida O‘zbekiston ko‘llarida quvvati 1 GVt bo‘lgan gidro to‘plash elektr stansiyalarini (GTES) qurish bo‘yicha ikkita yirik loyiha turganini ma’lum qildi.


Jamiyat

dayjest

Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda iyun oyining birinchi besh kunligi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Oy davomida harorat kunduzi +28…+40, kechalari +14…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli katta.


dayjest

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiya a’zolari Uzun tumanida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlarini topdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II — milodiy III asrlarga tegishli ekani aytilmoqda.


dayjest

Jizzaxda Nexia-2 ning gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.


Sport

dayjest

Yaponiyada o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston 3-o‘rinni oldi

Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi. 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal olgan jamoa Xitoy va Braziliyadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.


Jahon

dayjest

Isroilning Rafahga hujumi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahdagi chodirlar lageriga havo hujumi oqibatda kamida 45 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Hujum BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Netanyaxu zarbani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atadi, lekin maqsadlarga erishilmaguncha urushni tugatish niyatida emasligini ma’lum qildi.


dayjest

Yevropa Ittifoqi birinchi marta Isroilga qarshi sanksiyalarni “jiddiy muhokama qildi”

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Isroilga qarshi sanksiyalar va ularning oqibatlari birinchi marta “jiddiy muhokama qilindi”, dedi Irlandiya tashqi ishlar vaziri. Avvalroq Isroilning Rafahga hujumi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.


dayjest

Isroil qo‘shinlari Rafah markazigacha kirib bordi

Isroil tanklari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri markaziga kirib bordi, shahar bo‘ylab havo hujumlari ham uyushtirilmoqda. BMT Xalqaro sudi mamlakatga hujumni zudlik bilan to‘xtatishni buyurganiga qaramay, Isroil Rafahdagi harbiy amaliyotini davom ettirmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!