15-may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi.

Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘ardi. Umumjamoa hisobida mamlakat Xitoy va Braziliyadan so‘ng joylashib, 3-o‘rinni egalladi.

para yengil atletika, para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati

Bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidladi qo‘mita. Terma jamoa bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10- va 9-o‘rinlarni egallagandi.

Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangiladi.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin

  • Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — yadro uloqtirish
  • Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — disk uloqtirish
  • Xusniddin Norbekov — yadro uloqtirish
  • Nurxon Qurbonova — nayza uloqtirish
  • Asila Mirzayorova — uzunlikka sakrash
  • Yoqutxon Xolbekova — uzunlikka sakrash
  • Safiya Burxanova — yadro uloqtirish

Kumush

  • Boburjon Omonov — yadro uloqtirish
  • Dilafruz Ahmadxonova — yadro uloqtirish
  • Kubaro Hakimova — yadro uloqtirish
  • Mohigul Hamdamova — disk uloqtirish

Bronza

  • Ma’rufjon Murodulloyev — 400 metrga yugurish
  • Nurxon Qurbonova — yadro uloqtirish.