28-may kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Nexia-2 ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, deb xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Oqibatda mashina haydovchisi (1961-yilda tug‘ilgan), shuningdek, avtomobil salonidagi yana uch kishi: 1968 (haydovchining turmush o‘rtog‘i), 1993 va 2015-yilda tug‘ilgan fuqarolar voqea joyida halok bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, mashina shu kuni M-39 Toshkent-Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida gaz quydirgan. Shundan so‘ng soat 13:00 atrofida boshqaruv payti mashina gaz balloni portlagan.

Video