Siyosat
O‘zbekistonga shu vaqtgacha Britaniyaning qaysi vazirlari kelib ketgan?
O‘zbekistonga 23-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron keladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ikki mamlakat munosabatlari tarixini yodga oldi: shu kungacha Britaniyaning qaysi vazirlari O‘zbekistonga kelgan? Qirollik oilasidan-chi — qaysi malikayu shahzodalar O‘zbekiston mehmoni bo‘lgan?
Devid Kemeron kolonkasi: “Oldimizda katta imkoniyatlar turibdi. Biz ulardan birgalikda foydalanishimiz kerak”
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozadi.
“Biz hamkorlar o‘rtasida tanlov qilishni so‘ramaymiz”. Devid Kemeron — Britaniyaning Markaziy Osiyo bilan munosabatlari haqida
Buyuk Britaniya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan davlatlaridan ular hamkorlik qiladigan sheriklardan birini tanlashini so‘ramaydi, dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron. “Biz hamkorlik o‘rnatish uchun bu yerda bo‘lishni xohlaymiz”, — dedi u.
O‘zbekiston va Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha 2 ta hujjatni imzoladi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda bo‘lib turgan Devid Kemeronni qabul qildi. Ular O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik munosabatlarini muhokama qildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.
Jamiyat
9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 25−28-aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Urgutdagi tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Allayaron tog‘ida tunda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.
Modernizm davridagi 10 ta bino milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.
Toshkent hokimi gullar xaridi uchun salkam 8 mlrd so‘m ajratdi
Toshkent shahri hokimi tomonidan gul ko‘chatlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 7,92 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Yo‘l qoidalari buzilganda vakolatli organ 15 kun ichida qaror chiqarmasa, haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda (xabar yangilandi)
Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilishi kerak. Shundan so‘ng u 15 kun ichida jarima solish haqida qaror chiqarishi lozim. Aks holda ishni ko‘rib chiqish tugatiladi.
Ichki ishlar organlari dronlardan foydalanishni boshlaydi
Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi. Qayd etilishicha, bu IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish, vaqt va resursni tejash, shuningdek, YTHlar, yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash, olib qochilgan yoki o‘g‘irlangan avtomobillarni topish imkonini beradi.
Jizzaxda o‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi dars tayyorlamay kelgan 13 nafar o‘quvchiga stul ko‘tartirib, videoni ota-onalar guruhiga yubordi. Bolalar ombudsmani bu tarzdagi jazo taqiqlanganini bildirdi. IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.
Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi
Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat"ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.
Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvandlik vositalari olib kirgan shaxslar ushlandi
DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
“Tirik bolalarni asrab qolish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi yana qoldirildi, jabrlanuvchilar norozi
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-apreldagi apellyatsiya sudida advokat Ahmadov butun sudlov hay’ati va sud kotibi ustidan raddiya berdi. Sudyaning shoshilinch ishi chiqib qolib, yana tergovga o‘tilmadi. Jabrlanuvchilar yuqori tashkilotlardan sud jarayonini nazoratga olishni so‘radi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.
Energetika vazirligi va JB loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq jamoat binolari energiya samarador bo‘ladi
Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi.
Sport
Futzal bo‘yicha FIFA-2024 o‘yinlariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi
Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon mezbonlik qiladi. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan mazkur turnir 14-sentabrda boshlanib, 6-oktabrda tugaydi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida yettita medalni qo‘lga kiritdi
Gonkongda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza yakkalik dasturida, yana 1 ta bronza aralash jamoaviy yo‘nalishda qo‘lga kiritildi.
Jahon
Toqayev Mirziyoyevga toshqinlar paytida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Qozog‘iston TikTok`ni bloklash haqida o‘ylamoqda
Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, u ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!