O‘zbekistonda Lenovo ko‘magida Lenovo Day Tashkent yirik sanoat tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda IDC, Intel va Veeam kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. Muzokaralar davomida ishtirokchilar Markaziy Osiyodagi IT-bozorining tendensiyalari va mavjud muammolarini, shuningdek, mintaqadagi biznesni raqamli transformatsiyalash xususiyatlarini muhokama qildilar.

IDC ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi yangi texnologik tartibning drayveri iste’molchilar bo‘lib, korxonalar ularning ehtiyojlari asosida bozor talab qiladigan yechimlarni ishlab chiqmoqdalar. O‘zbekiston hukumati ushbu tendensiyalarni ko‘rgan holda, tegishli tartibga solish va strategik tashabbuslar orqali sohani qo‘llab-quvvatlamoqda. 2020-yildan boshlab O‘zbekistondagi asosiy keng polosali kanallarning sig‘imi 1200 Gb/s dan 3200 Gb/s gacha oshdi, optik tolali aloqa liniyasi uzunligi 68 ming kmdan 170 ming kmgacha ko‘tarildi va internet xizmatlarining narxi ikki baravardan ko‘proq arzonlashdi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonda ma’lumotlar markazlari xizmatiga talab ortib bormoqda.

lenovo, реклама

Lenovo Infrastructure Solutions Group kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi rahbari Andrey Kutukov raqamli transformatsiya texnologiyalari haqida gapirar ekan, ularning asosiylari deb quyidagilarni belgilab o‘tdi:

  • sun’iy intellekt;
  • periferiya hisob-kitoblari;
  • ma’lumotlarning ko‘payishi.

“Ushbu texnologiyalar qanchalik keng kirib borsa, IT-infratuzilmasini transformatsiya qilish zarurati masalasi shunchalik keskinlashadi, chunki bu yangi turdagi yechimlarni talab qiladi. Agar siz ilovalaringiz va infratuzilmangizni modernizatsiya qilmasangiz, bir kun kelib biznes avvalgi darajada ishlay olmaydigan nuqtaga keladi. Bu to‘siqni yengib o‘tish uchun esa katta kuch va investitsiyalar talab etiladi”, — dedi Andrey Kutukov.

Lenovo`ning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi ma’lumotlarni saqlash tizimlarini sotish bo‘yicha direktori Marko Pozzoni tadbirning maxsus mehmoni bo‘ldi. U o‘z nutqida katta ma’lumotlarni har qanday raqamli faoliyatning asosi deb atadi. U barcha sohalarda ma’lumotlarning o‘sishi tezlashayotganini ta’kidladi. Marko Pozzoni Lenovo tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ma’lumotlarni boshqarishdan foydalanadigan kompaniyalar bugungi kunda ushbu aktivdan foydalanmayotgan kompaniyalarga qaraganda 19 barobar ko‘proq daromad olishini va mijozlarni tezroq jalb qilishini ta’kidladi. Munozarani davom ettirar ekan, Pozzoni ma’lumotlarni boshqarishning uchta asosiy muammosini sanab o‘tdi, bular:

  • resursdan foydalanishni ta’minlash;
  • ma’lumotlar himoyasi;
  • ma’lumotlar barqarorligi.

So‘nggi ikki yil ichida Lenovo infratuzilma yechimlarining tez rivojlanayotgan provayderlaridan biri bo‘ldi. IDC ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bugungi kunda boshlang‘ich darajadagi ma’lumotlarni korporativ saqlash tizimlari sohasida dunyodagi yirik yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Lenovo ta’minot zanjiri samaradorlik va ishonchlilik bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egallaydi. Kompaniya Markaziy Osiyo bozori, jumladan, O‘zbekiston bozorida ham yetakchi o‘rinlarni egallab, mintaqada o‘z biznesini faol rivojlantirmoqda. Bunga erishish uchun Lenovo o‘z hamkorlar tarmog‘ini kengaytirishga investitsiyalar kiritishni ko‘paytirmoqda, xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kuchaytirmoqda, mintaqaviy ehtiyot qismlar omborlari tarmog‘ini ochmoqda, korporativ foydalanuvchilar uchun Premier Support kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlash dasturini, shuningdek Lenovo 360 hamkor platformasini ishga tushirdi.

Reklama huquqlari asosida.